Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi



Bo‘lim boshlig‘i

Safarov Ahmadjon Abdumannonovich

Telefon: (998 79)-223-53-82



Bo‘lim bosh mutaxassisi

Ro‘ziqulov Javohir Ilhomiddin o‘g‘li

Telefon: (998 79)-223-53-82

Uyali (998 91)-988-66-96

E-mail: javohir.ruziqulov.96.@bk.ru


       

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim Vazirining 2021-yil 28-iyundagi
281-sonli buyrug‘iga asosida institut rektorining 2021-yil 3-iyuldagi  1/209-son buyrug‘i bilan tashkil etildi. Hozirgi kunda bo‘limda ikki nafar xodim faoliyat olib boradi. Bo‘lim o‘z faoliyati davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet rektoriga bo‘ysunadi. Bo‘limning asosiy vazifasi universitetda yoki yuz berish mumkin korrupsion holatlarni oldini olishdan iborat.

 

Bo‘limning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari

 

1. Bo‘limning asosiy maqsadi universitetda, shuningdek Nukus davlat konchilik instituti, universitet  huzuridagi akademik litsey, Karmana politexnika texnikumi, G‘ozg‘on politexnika texnikumi, Zarafshon sanoat texnikumi, Uchquduq sanoat texnikumi va markazlarda (keyingi o‘rinlarda “universitet muassasalari” deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, universitet va universitet muassasalari xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, universitet va universitet muassasalarida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.   

2. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;

universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;   

universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

universitetda komplayens nazorat tizimini joriy etish va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ishlarning holatini o‘rganish;

universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;

universitetda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;

universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlar ijrosini ta’minlash;

universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi kurashni olib borish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va chet el ijobiy tajribasini o‘rganish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish;

universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan so‘rovnomalar va boshqalarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish.

3. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:

universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari va buyruqlari, shuningdek universitet ichki meyoriy hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;

universitet faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki meyoriy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

universitet tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini universitet tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtai-nazaridan baholaydi va xulosalar beradi;

universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirilishini nazorat qiladi;

universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi va tahlil qiladi;

fuqarolarga korrupsiya faktlari to‘g‘risida xabardor qilish imkonini beruvchi mobil va boshqa ilovalarning tegishli bo‘linmalar tomonidan  ishlab chiqishda ishtirok etadi;

universitetda korrupsiya faktlari haqida anonim xabarlarni o‘rganadi va tahlil qiladi;

universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida fuqarolik jamiyati universitetlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni universitet rektoriga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limiga kiritib boradi.

b) universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:

universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va universitetda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratadi;

axborot aloqa kanallari orqali universitet xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

universitetda yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;

davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda, universitet bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlarida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiga ishga qabul qilinayotgan namozodlarni  tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma asosida) kirishgan har qanday yuridik va jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonini nazorat qiladi;

universitet xodimlari va professor-o‘qituvchilar, shuningdek talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;

korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni universitet rektoriga yetkazadi;

universitet faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida xodimlar va professor-o‘qituvchilar, shuningdek talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar  haqida rektorga ma’lumot kiritib boradi;

v) universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish sohasida:

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida universitetga tegishli bandlar ijrosini monitoring qiladi va nazoratini amalga oshiradi;

universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga mosligini ta’minlaydi;

universitet xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

universitet va uning muasssalari  xodimlari, fakultet professor-o‘qituvchilari, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlardagi xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan   o‘quv materiallari bilan ta’minlaydi;

o‘quv rejaga muvofiq universitet va uning muasssalari  xodimlari, fakultet professor-o‘qituvchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha treninglar o‘tkazilishini hamda ularda xodimlar va fakultet professor-o‘qituvchilarning ishtirok etishini nazorat qiladi;

universitet va uning muasssalari  xodimlari, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadi;

universitetning rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘yicha ma’lumotlarni yangilanib borilishini ta’minlaydi;

universitet va uning muasssalari  xodimlari, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari  tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha  hujjatlari, shuningdek universitet ichki meyoriy hujjatlariga rioya qilinishini  nazorat qiladi;

odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi;

amalga oshirilgan monitoring va nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;

universitetdagi mas’ul tuzilma rahbarlari bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va universitet va uning muasssalari  xodimlari, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

universitet faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki meyoriy hujjatlari xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlarda ishtirok etadi;   

g) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:

talabalarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etish;

universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

korrupsiyaviy hatti-harakatlarni barataraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi.

Bo‘lim qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

4. Bo‘limga va uning xodimlariga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarni yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar

 

O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni: https://lex.uz/pdfs/3088008

2019 yil 27 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni: https://lex.uz/pdfs/4355387

2020 yil 29 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni:  https://lex.uz/ru/pdfs/4875784  

2021 yil 6 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-6257-sonli Farmoni:
https://lex.uz/pdfs/5495529



  • Navoiy davlat konchilik instituti ichki-tartib qoidalar
  • Navoiy davlat konchilik instituti Odob-axloq kodeksi