Savol va javoblar

Farzandim to’lov-kontrakt asosida universitetda tahsil olmoqda. Oilaviy sharoitimiz og’ir. Farzandimni o’qishini byudjet asosiga o’tkazishni imkoni bormi? 

 
 
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 3-bandidagi birinchi xat boshiga muvofiq: “Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi”.
Mazkur Nizomning 3-bandidagi ikkinchi xat boshiga muvofiq:
“Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abiturientlarga davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar”.
To’lov–kontrakt asosida o’qish ixtiyoriy bo’lib, tegishli me’yoriy hujjatlarda mazkur toifadagi talabalarga to’lov shartlarini engillashtirish bo’yicha imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan.
 
 
 
Agar talaba shartnoma pulini to’lashga qiynalsa, Oliy ta’lim muassasasi tomonidan imtiyoz berish nazarda tutiladimi?
 
To’lov–kontrakt asosida o’qish ixtiyoriy bo’lib, tegishli me’yoriy–huquqiy hujjatlarda mazkur toifadagi talabalarga oliy ta’lim muassasasi tomonidan to’lov shartlarini engillashtirish bo’yicha imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan.
Shuningdek, hozirgi kunda talabalarni to’lov – kontrakt asosida o’qishi uchun keng imkoniyatlar mavjud bo’lib, ulardan biri bu “ta’lim krediti”dir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlari berish to’g’risida”gi 318-sonli qaroriga asosan bank muassasalari tomonidan to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan talabalarga berilayotgan “ta’lim kredit”lari juda ham qulay va samarali hisoblanadi.
Ushbu qarorning 3-bandiga asosan:
- chin etimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda I va II guruh nogironlari uchun – foizsiz ta’lim kreditlari beriladi;
- kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talabalar uchun kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko’maklashish va aіolini ijtimoiy muіofaza єilish markazlari tomonidan “Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’arma”si mablag’lari hisobidan to’lash belgilangan.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2010 yil 24 martdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo’naltiriladigan mablag’larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozni qo’llash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 24, 15 – sonli qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 27 mayda 2107-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) asosan, 2010 yil 1 yanvardan boshlab, fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olishga (o’zining o’qishi yoki yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining ta’lim olishi uchun) yo’naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinmaydi.
Shu bilan bir qatorda, Siz homiylik ko’rsatishi mumkin bo’lgan korxona va tashkilotlarga ham murojaat qilishingiz mumkin.
 
Talabalarni turar joylarga joylashtirish qay tarzda amalga oshiriladi?
 
Talabalarni turar joylariga joylashtirish ishlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi “Talaba(o’quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 11-sonli buyrug’i talablari asosida amalga oshiriladi. Bu borada yanada to’liq ma’lumotlarga ega bo’lish istagi bo’lgan yoshlar oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.