Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor

Aliqulov Shuxrat Sharofovich

Qabul vaqti:

Seshanba (14:00 dan 17:00 gacha)
Payshanba (14:00 dan 17:00 gacha)

Telefon: (998 97) 068-19-85

E-mail: sharofovich@mail.ru




Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor lavozim vazifalari:

Xalqaro aloqalar jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, fakultet ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

Xalqaro konferensiyalar simpozimlar va anjumanlarni tashkil etish xalqaro ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish va natijalarni tatbiq etish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Ta’lim mazmunini takomillashtirish mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakul’tet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflarni tayyorlash;

Institutda magistratura, oliy ta’limdan keyingi ta’lim orqali yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashni ta’minlash hamda institutning xorijiy xodimlarni o’z vaqtida ilmiy unvinlarini olishga va ixtisoslashgan kengashlarni ochishga ko’maklashish;

Xorijiy iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish;

Xalqaro bo’lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barchailmiy-tadqiqotishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o’kazish monitoringini olib borish;

         Institutda xorijiy aloqalar faoliyatini rivojlantirish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish.