|
|
Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi boshlig'i Xurramov Navruzbek Ibraimovich Qabul vaqti: Dushanba - Juma (14:00 dan 16:00 gacha) Telefon: (998 91)
438-21-21
E-mail: nava2121@mail.ru |
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining
2018 yil 7 maydagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy
etish mexanizmlarini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar
toʼgʼrisida»gi PQ-3698-sonli qarori bilan belgilangan vazifalarning ijrosini
taʼminlash maqsadida, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus
taʼlim vazirining 2018 yil 5 iyuldagi 594-sonli buyrugʼiga ilova sifatida
tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasasining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini
tijoratlashtirish boʼlimi toʼgʼrisida”gi Namunaviy nizomiga asosan Navoiy
davlat konchilik instituti institut rektorining 2018 yil 10 iyuldagi
1/397-sonli buyrugʼi bilan Navoiy davlat konchilik instituti Ilmiy-innovatsion
ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi tuzildi hamda institut huzurida
innovatsion jamgʼarma tashkil etildi.
Institut rektorining 2021 yil 27
apreldagi 03/103-sonli buyrugʼi bilan boʼlim boshligʼi lavozimiga tayanch
doktorant Navruzbek Ibraimovich Xurramov ishga qabul qilingan.
-
fan, taʼlim va
ishlab chiыarish
integratsiyasini taʼminlash;
-
ilmiy-tadqiqot va
innovaitsion loyihalarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish;
-
bozorni tizimli
ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga boʼlgan
talabni oʼrganish;
-
yuqori tijorat
salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor boʼlgan, oʼzlashtirish uchun
istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
-
innovatsion
loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor
shaxslarni jalb qilish;
-
yangi
texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish
maqsadida sanoat korxonalari bilan oʼzaro hamkorlik qilish.
-
NDKTUda
ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish ideyalarini ommalashtirish
yuzasidan axborot faoliyatini olib borish;
-
NDKTU da
intellektual mulk vositalarini rasmiylashtirish va litsenziyalash faoliyatini
muvoiqlashtiradi;
-
Institutda mavjud
innovatsion guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi;
-
Istedodli yosh
olimlarni aniqlash va ularni har tomonlama ijodiy kamol topishiga qaratilgan
tadbirlarni amalga oshiradi;
-
Ilmiy
ishlanmalarni tijoratlashtirish va intellektual mulkni himoya qilish masalalari
boʼyicha axborot-maslahat tizimini yaratadi;
-
Institut
professor-oʼqituvchilari, doktorantlari va talabalarining talabnoma
materiallarini
-
Ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borish uchun xalqaro, respublika va mintaqaviy tanlovlarda
ishtirok etishni tashkil etadi;
-
institut
professor-oʼqituvchilari, doktorantlar va talabalarning viloyat, respublika va
xalqaro miqyosdagi innovatsion yarmarkalarda ishtirokini muvofiqlashtiradi;
-
Ilmiy tadqiqot
natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion mahsulotlarni sotish, xizmat
koʼrsatish boʼyicha shartnomalar tuzish doirasida uslubiy taʼminotni amalga
oshiradi;
-
Tashkilotlar va
korxonalar bilan xizmat koʼrsatish va tijoratlash boʼyicha shartnomalarni
tuzadi;
-
Ixtirolar,
ilmiy-texnik va sanoat ishlanmalarini, badiiy-konstruktorlik va boshqa turdagi
ijodiy ishlanmalarni rasmiylashtirish;
-
NDKTU ning ilmiy
ishlanmalari haqidagi maʼlumotlarni toʼplash, tijorat potentsialiga ega boʼlgan
ixtirolar va texnologiyalar hamda biznes gʼoyalarni aniqlash;
-
Ilmiy-tadqiqot
sohasidagi biznes gʼoyalarni aniqlash va rivojlantirish.