![]() |
Bo'lim boshlig'i Bazarova Saodat Djamalovna Telefon: (998 79)-223-27-17 Uyali (998 91) 334-07-71
E-mail: bozorova@mail.ru |
O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to'g'risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari
asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan
islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko’tarish, shuningdek uzluksiz
ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish,
kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona
baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish
maqsadida "O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish
Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
18-iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorlar
ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat konchilik institutida ta’lim
sifatini nazorat qilish bo’limi tashkil etildi.
Institut ta’lim sifatini
nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy
vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini
ta’minlash va institutdagi o’quv jarayonlarining samaradorligini oshirish
maqsadida nazoratni tashkil etish bo’yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
- ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS),
malakatalablari, o`quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil
etish va ularni ekspertiza qilish;
- ta’lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o’quv- uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik
darajasini o`rganish;
- talabalari bilimlarining DTS ga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;
- ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlash;
- kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
- ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish, natijalari bo`yicha ta`lim
sifatiga salbiy ta`sir etuvchi omillarni aniqlash, ma`lumotlarni institut rektoriga
hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;
- attestatsiya, ta`lim sifatini o`rganish bilan bog’liq jarayonlarda aniqlangan
kamchiliklar va nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o`rnatish;
- ta`lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish va
aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar
berish;
- ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar
va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
- professor-o`qituvchilari tayanch
ma`lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki
ularning tegishli qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha
ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni institut rektoriga
ma`lum qilish;
- o`quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va
ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini
monitoring qilish;
- ta`lim jarayoni moddiy-texnik bazasi
holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar
berish;
- talabalar amaliyotining ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga
olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
- davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan universitet reytingini aniqlashga
va baholashga oid ma`lumotlarni to`plashda, o`tkaziladigan attestatsiya va ta`lim
sifatini o`rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;
- talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining
xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash va boshqa bir qancha
vazifalar yuklatilgan;
- institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’limsifatini o’rganish
maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar
o’tkazish;
- institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oily ta’lim muassasasi rahbariyati
bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish.