«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» Davlat korxonasi bosh direktori
Sanakulov Quvandik Sanakulovich
Virtual qabulxona
Rektorga to'g`ridan to`g`ri murojaat

Tarjimayi hol:
1957-yilda tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini
tamomlagan. Muhandis-metallurg, texnika fanlari doktori, professor,
O‘zbekiston Qahramoni.
Mehnat faoliyati:
Institutni 1979-yilda tugatgandan so‘ng, «O‘zbekoltin» ishlab
chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi qimmatbaho metallar Davlat qo‘mitasining turli lavozimlarida
ishlagan.
1994-1997- yillarda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Industrial rivojlantirish
Kompleksining mas’ul xodimi.
1997-2007- yillarda G‘allaorol
tumani hokimi vazifasida va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining turli lavozimlarida ishlagan.
2007-2008- yillarda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari.
2008- yildan hozirgi
vaqtgacha «Navoiy kon- metallurgiya kombinati» Davlat korxonasi bosh direktori,
2014-yilning aprel oyidan o‘rindoshlik asosida Navoiy davlat konchilik instituti rektori.
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 5, 10, 15,
20, 25 yil» esdalik nishonlari, 2004- yilda «Do‘stlik» ordeni,
2009- yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy
unvoni, 2011-yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, 2015-yilda
«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.
2004-2009; 2009-2014; 2014-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent va Navoiy viloyati xalq deputatlari
Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan a’zosi.
Vazifalari:
O‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining amaldagi qonunlariga muvofiq ravishda, Navoiy davlat konchilik
instituti Ustaviga binoan amalga oshiradi.