Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
vazirining “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sohalari (ta'lim yo‘nalishlari)
bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni
nisbatining normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” buyrug‘i loyihasi e'lon qilindi.
Vazirlar
Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 517-son qarori bilan “Respublika oliy
ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan
tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qaroriga
tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Bunda, kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha
bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qarab bir
o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan
normativlari:
Buyruq loyihasiga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarida
bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining
normativlari ta'lim sohalari (ta'lim yo‘nalishlari) kesimida tasdiqlanishi rejalashtirilgan.
Zarur hollarda, oliy ta'lim muassasasi kengashlariga
ta'lim sohalari (ta'lim yo‘nalishlari) bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga
to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatini 50 foizgacha o‘zgartirish vakolati
berilishi taklif etilmoqda.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31
dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq respublika oliy ta'lim muassasalarining
o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilayotgani sababli o‘quv yuklama
hajmining kamayganligi hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta'lim shaklida o‘quv
jarayonining asosiy qismi onlayn shaklda amalga oshirilayotganini inobatga
olgan holda, oliy ta'lim muassasalarining maxsus sirtqi va sirtqi ta'lim
shakllarida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni
nisbatining cheklangan normativlarini 30,0 nisbatda belgilanishi taklif
etilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu buyruq loyihasining qabul
qilinishi oliy ta'lim muassasalarida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri
keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ta'lim sohalari (ta'lim
yo‘nalishlari) kesimida belgilanishiga va shu asosida oliy ta'lim
muassasalarida professor-o‘qituvchilarning shtat birliklarini belgilanishiga
asos bo‘ladi.