![]() |
|
Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Doniyorov Nodir Abdixakimovich Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (8:00 dan 16:00 gacha) Telefon: (998 90)
665-00-12
E-mail: hamidov-88@mail.ru |
“Kimyo-metallurgiya” fakul’teti
1992
yil ta’lim tizimini yanada yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risidagi
dastlabki qonunning qabul qilinganligi, mustaqil O‘zbekistonda yoshlarni
o‘qitish, kasb-hunarli va bilimli qilish, milliy istiqlol g‘oyasi ruhida
tarbiyalash borasida g‘amxo‘rlik qilinayotganligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Ayniqsa, 1997 yilda “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi” ning qabul qilinib hayotga tatbiq etilganligi va bosqichma-bosqich
ta’lim tizimini isloh qilishga kirishish o‘qituvchi-tarbiyachi va ziyolilar
zimmasiga katta mas’uliyat yukladi.
Bugungi
kunda jismonan va ma’nan kamol topayotgan, dunyoqarashi va tafakkur tarzi har
tomonlama rivojlangan yoshlarni tarbiyalash, ularni etuk mutaxassis kadrlar
qilib tayyorlash borasida 1995 yil iyulida Navoiy davlat instituti tarkibida
tashkil etilgan mazkur fakultetda ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Fakul'tetni 1995-1999
yillarda kimyo fanlari doktori, professor B.F. Muxiddinov
boshqargan. Shu
davrda fakultetning moddiy – texnik bazasi tubdan yangilandi va kadrlar
salohiyatini oshirishga e’tibor qaratildi. 1999 yilda Kimyo fanlari
nomzodi, dotsent T.T.Xasanov fakultet dekani lavozimida ishladi. Shu qisqa muddat ichida T.T.Xasanov
mehnatsevarligi, talaba yoshlarga g‘amxo‘rligi bilan institutda ko‘zga
tashlandi. 1999-2000 yillarda fakultetda N.U.Ikromov dekan bo‘lib faoliyat
ko‘rsatdi.
2000-2002
yillarda fakultetni texnika fanlari nomzodi X.Sh.Baxronov boshqardi. 2002-2004
yillarda texnika fanlari doktori, professor S.A. Abduraxmonov rahbarlik
qildi.
2004
sentyabrdan 2006 yil iyun oyigacha t.f.n. X.Sh.Baxronov, 2006 yil noyabrdan 2007
yil sentyabrgacha k.f.d., professor I.I.Ismoilov va 2007 yil noyabrdan 2010 yil
sentyabrgacha t.f.n.dotsent D.B.Xoliqulov, 2010 yil sentyabrdan 2011 yil may
oyigacha N.U.Ikromov hamda 2011 yil may oyidan 2015 iyun oyigacha U.M.Mardonov
dekan lavozimida fakultetni boshqarganlar.
2015
yil dekabr oyidan texnika fanlari doktori, dotsent Nodirjon Abdixakimovich
Doniyarov fakultet dekani lavozimida ishlab kelayapti. Uning boshchiligida
“Kimyoviy texnologiya”, “Metallurgiya”, “Iqtisodiyot va menejment”, “Oliy
matematika”, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralarida 80 dan ortiq
professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib,
“Metallurgiya”, “Kimyoviy texnologiya” va “Iqtisodiyot va menejment”
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 745 nafar talabasiga, “Noorganik moddalar
kimyoviy texnologiyasi”, “Metallurgiya”, “Foydali qazilmalarni boyitish”,
“5A5320405 – Yuqori molekulyar birikmalar kimyoviy texnologiyasi” magistratura
mutaxassisliklarining magistrantlariga bilim berib kelmoqdalar.
ILMIY
TADQIQOT ISHLARI
Fakul’tetda
ilmiy tadqiqot ishlari kafedralarda tuzilgan ilmiy tadqiqotlar rejalari asosida
olib borildi. Professor-o‘qituvchilari tamonidan olib borilayotgan ilmiy
tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilib, yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar
rejalashtirildi. Unga ko‘ra 1 ta davlat granti va 6 xo‘jalik shartnomasi
(Umumiy summasi 1 073,8 mln. sum) bajarildi.
•
Unga ko‘ra “A-AV-2019-13-“Markaziy Qizilqumning past navli
fosforitlari faol loyqa mikroflorasi va mineral kislotalar asosida yangi
turdagi granulalangan kompleks orgonomimineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini
ishlab chiqish” mavzusi
bo‘yicha 3 yilga mo‘ljallangan 1 200 mln. sumlik (yillik 570 mln. sum) ilmiy
grant Doniyarov N.A. rahbarligida bajarilib, hisobotlar o‘z muddatida
topshirilib borayapti.
•
Professor Muxiddinov B.F. raxbarligida “Razrabotka texnologii polucheniya
vanadievыx katalizatorov s ispolzovaniem nositeley na osnove mestnogo sыrya” mavzusidagi 100 mln. so‘m
miqdordagi xo‘jalik shartnomasi amalga oshirildi.
• Professor
Baxronov X.SH. raxbarligida “Razrabotka izvredenie vыxrovogo skrubbera dlya
ochistki vыbroznыx gazov GMZ -4”,
mavzusidagi 80 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi amalga oshirildi.
• Professor
Muxiddinov B.F. raxbarligida “NKMK ichki kar’er yo‘llarida chang
bostirish texnologiyasini joriy etish va yo‘l qatlamini qotirish”
mavzusidagi 200 mln. so‘m miqdordagi tijoratlashtirish loyixasi
amalga oshirildi.
• Professor
Baxronov X.Sh.
Raxbarligida “Razrabotka texnologii utilizatsii natriy sianid v
usloviyax GMZ-3” mavzusidagi 120 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi
amalga oshirildi.
• Institut rektorining 2018 yil 2 martdagi 1/109-sonli ichki buyrug‘iga asosan Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda shahar (tuman) statistika bo‘limlari xodimlari uchun “Statistika asoslari” fani bo‘yicha seminarlar o‘tkazish 3.8 mln sumlik xo‘jalik shartnomasi bajarilgan. Jami fakul’tet bo‘yicha 1 mlrd 73.8 mln. sumlik ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan.
• Fakul’tet professor o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot natijalarini 10 dan ortiq impakt faktor darajasiga ega bulgan jurnallarda, 50 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda 50 dan ortiq respublika ilmiy jurnallarda va 40 dan ortiq konfrensiyalarda tezislar chiqarishdi.
Kimyo-metallurgiya
fakul'tetida 2020 yilda dissertatsiyalarini himoya qilgan professor-o‘qituvchilar
ro‘yxati
№ |
F.I.SH. |
Mutaxassislik
shifri |
Dissertatsiya
mavzusi |
Falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi |
|||
1 |
Toshev Oybek
Elmurodovich |
04.00.10
– Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari). |
Tog‘ jinslarini
mustaxkamlik xarakteristikasini oldindan kamaytirib ularni portlatib maydalash
samaradorligini oshirish |
2 |
Baqoev Husan
Nuriddinovich |
08.00.06-“Ekonometrika
va statistika” |
“Hududlarda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining ekonometrik tadqiqi (Navoiy viloyati
misolida)” |
3 |
SHodiev Abbos
Ne’mat o‘g‘li |
05.02.01 -
"Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. metallarga termik va bosim
ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi" |
Molibden sanoati
tashlandiq eritmalaridan molibden, rangli va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasini
tadqiq qilish va yaratish |
4 |
Fuzaylov Omon
Udaydulloevich |
04.00.14-Foydali
qazilmalarni boyitish |
Mikroto‘lqinli energiyani
qo‘llagan holda murakkab oltin tarkibli xomashyoni qayta ishlashning samarali
texnologiyasini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar |
5 |
Saidaxmedov Aktam
Abdisamievich |
04.00.14-Foydali
qazilmalarni boyitish |
Texnogen chiqindilardan
metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish |
6 |
Axtamov Fozil
Erkinovich |
04.00.14-Foydali
qazilmalarni boyitish |
Rux keklarini
qayta ishlashning past haroratli texnologiyasini ishlab chiqish |
7 |
Jo‘raev SHoxrux
To‘lqinovich |
02.00.14 – Organik
moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.07 – Kompozitsion,
lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
|
Eskirgan shinalardan
uglerod saqlagan materiallar olish texnologiyasini yaratish va uni rezinotexnik
buyumlar ishlab chiqarishda qo‘llanilishi |
• “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi: “El-yurt umidi” jamg‘armasining taklifi va homiyligida Qozog‘istonning Olma-ota menejment universitetida “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri H.N.Baqoev malaka oshirishi bo‘yicha dastur tuzilib yo‘llanma xat yuborildi. Yo‘llanma xat va tuzilgan malaka oshirish dasturiga muvofiq Olma-ota menejment universitetida malaka oshirish bo‘yicha mas’ul universitet o‘quv ishlari prorektori iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kanagatova Almagul Medixatovna tomonidan amalga oshirilish kelishib olindi.
• Yaponiyaning Yokogama milliy universiteti professori xorijda ishlayotgan yurdoshimiz, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Olimov Ashraf Axtamovich bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi. Kelishuvga binoan A.A.Olimov 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi 2-kurs talabalariga “Mikroiqtisodiyot” va “Makroiqtisodiyot” fanlaridan ma’ruza darslarni ingliz tilida ZOOM platformasi orqali onlayn o‘tib beradi.