Ish haqini hisoblash va mukofotlarni taqsimlash qoidalari
Ish
haqi hisoblashga asos bo‘lib xodimlarning tasdiqlangan shtatlar jadvali, tashkilotning
ishga qabul qilganlik, bo‘shatganlik va ish haqi stavkalariga muvofiq joydan joyga
ko‘chirish haqidagi buyruqlari, 421-son
shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabeli asosiy xujjatlar
xisoblanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, xomiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar
barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan xisoblab chiqariladi.
Nafaqalarni xisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan,
sug‘urta badallari undirilib to‘lanadigan jami ish haqi to‘lovlari kiradi.
Nafaqalarni xisoblab chiqarishda xisobga olinadigan ish haqining barcha turlari,
shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to‘lanadigan oylik mukofotlar
ularning haqiqatda olingan vaqti bo‘yicha emas, balki ular xisoblab yozilgan vaqti
bo‘yicha ish haqiga qo‘shiladi.
Mehnat ta’tili haqi miqdorini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan o‘rtacha ish haqini O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilinadigan har bir kalendar
yilga ish vaqti kalendari (ish vaqti balansi) bo‘yicha aniqlangan olti kunlik ish
haftasida joriy kalendar yildagi ish kunlarining o‘rtacha oylik soniga bo‘lish orqali
hisoblab chiqiladigan xodimning o‘rtacha kunlik ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi.
Mukofotlash ish haqi fondidan 14 foizga rejalashtirilgan.