"O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
O'zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan
quyosh tasviridan hamda so'l tomonida bug'doy boshoqlari, o'ng tomonida
ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning
yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali
yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz
musulmonlarning qutlug' ramzidir.
Gerbning
markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy
Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar
xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi
orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki
qismida respublika Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining
bandiga "O'zbekiston” deb yozib qo'yilgan.