|
O`quv ishlari bo`yicha prorektorAbduazizov Nabijon
Azamatovich
Qabul
vaqti: Seshanba: (15:00 dan 17:00 gacha) Payshanba: (15:00 dan 17:00 gacha)
Telefon: (998 79)
223-49-69
E-mail: n.abduazizov@ndki.uz
|
|
|
O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektorning lavozim vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar
Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga
oshirishni tashkil etish;
- Davlat ta’lim
standartlari asosida o‘quv ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar
tayyorlashni ta’minlash;
- Davlat ta’lim
standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga
qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha fakultet dekanlari, kafedra
mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning bilishini ta’minlash;
- Mutasaddi yuqori
tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini,
o‘quv–tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha NDKI Ilmiy kengashi
qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- Ilg‘or mamlakatlar ta’lim
tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid
qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va
vositalarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
- O‘quv-tarbiya jarayonida
o‘qitishning ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, ulardan samarali foydalanishni tashkil qilish;
- Faoliyat yo‘nalishi
bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- O‘quv jarayonini
ta’minlaydigan bo‘lim va fakultetlardagi dekanatlar ishlarini
muvofiqlashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish;
- O‘tilayotgan darslarning
sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari
bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
- NDKI uslubiy kengashi va
pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy
tajribalarni umumlashtirish;
- O‘quv-uslubiy
materiallarini, shu jumladan, jurnallar, NDKI xodimlari tomonidan
tayyorlash, nashr etish jarayonini boshqarish;
- NDKIning barcha ta’lim
yo‘nalishlarini o‘quv-uslubiy nashrlari bilan kutubxona fondini to‘ldirish
bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
- Professor-o‘qituvchilar
va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan
ta’minlashni tashkil etish;
- Bo‘sh lavozimlarga tanlov
asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va magistrlarni
ishga qabul qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash,
professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish,
amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- O‘quv xonalaridan unumli
foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni
takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
- O‘quv intizomini buzgan
talabalarga va mehnat intizomini buzgan xodimlarga nisbatan tegishli
choralarni qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Kafedralar, fakultet va
bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va
xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini
zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
- Oliy ta’lim muassasalari
bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya,
seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash,
mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- O‘rnatilgan tartibda NDKIning
yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga
oid ishlarni amalga oshirish;
- NDKIni o‘rnatilgan
tartibda ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash
va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
- O‘quv yiliga tayyorgarlik
ko‘rish va o‘quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta’minlash ;
- Institutning o‘quv yili
grafigini ishlab chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish;
- Fakultet va kafedralarda
o‘quv yuklamalari hisob kitobini to‘g‘ri va mavjud me’yoriy xujjatlarga
asosan taqsimlanishini ta’minlash va nazorat qilish;
- Institutda auditoriya
fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini nazorat qilish;
- Institutda soatbay fondni
ishlatilishini nazorat qilish;
- O‘quv jarayoniga tegishli
hujjatlar mavjudligi va saqlanishini ta’minlash;
- Davlat ta’lim
standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv-uslubiy
kengashlarni boshqarish;
- Ilg‘or mamlakatlar ta’lim
tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid
normativ-huquqiy xujjatlardako‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish
borasidagi uslub va vositalarini ishlab chiqilishini tashkil etish;
- Darsliklar va
o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, o‘quv-uslubiy
majmualar bilan ta’minlash bo‘yicha nashriyot ishlarini tashkil etish;
- Pedagog kadrlar va
mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini
oshirishni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish
rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- Barcha ta’lim
yo‘nalishlarini o‘quv reja va fan dasturlari bilan ta’minlash;
- O‘quv uslubiy bo‘limlar,
fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini
nazorat qilish;
- Talabalarning o‘quv va
ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;
- NDKI uslubiy
kengashiishiga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni
umumlashtirish;
- Talabalar bilimini
baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, talabalarning
bilimlarini obyektiv baholash ustidan nazorat olib borish;
- Talabalarni mustaqil
ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni
tashkil qilish;
- NDKI Ilmiy kengashi
rejasi asosida o‘quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda
sifatli tayyorlashni tashkil qilish;
- O‘quv jarayonlarini
samarali va sifatli tashkil etish bo‘yicha fakultet va kafedralar
faoliyatini nazorat qilishda qatnashish;
- O‘zining xizmat
vazifalarini vijdonan bajarish.