Konchilik fakulteti

Konchilik fakulteti dekani

Mislibayev Ilhom To'ychibayevich  

Qabul vaqti:

Dushanba - Payshanba (9:00 dan 11:00 gacha)

Telefon: (998 97) 321-04-46  

E-mail: mislibaev65@mail.ru




Konchilik fakulteti

 O‘zbekiston Respublikasi kon metallurgiya sanoatining rivojlanishini ta’minlash va foydali qazilmalarni qazib olish, hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida 1995 yilning 7 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy shahrida Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish haqidagi farmoni e’lon qilindi. Navoiy davlat konchilik instituti  t.f.d. prof. B.R.Raimjonov rahbarligi ostida tashkil topdi. Usha yili “Konchilik” fakul’teti Konchilik va metallurgiya fakul’teti nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, 2002 yilda “Konchilik” nomi berilgan. Hozirgi kunda fakul’tet tarkibida 6 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan: Konchilik ishi, Elektr texnikasi, elektr mexanikasi, elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha), Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasiXayot faoliyati xavfsizligi “O‘zbek va chet tili” va  Jismoniy madaniyat  kafedralaridir. Ulardan Konchilik ishi” -5311600, Elektr texnikasi, elektr mexanikasi, elektr texnologiyalari” - 5310700 (tarmoqlar bo‘yicha), Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” – 5321100 bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassizlar tayyorlamoqda. Bundan tashqari 5311700-“Foydali qazilmalar konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” yo‘nalishi o‘z ishini boshladi va bugungi kunda 1-bosqich talabalariga taxsil berishmoqda. 

Dastlab, 2000 yilda, fakul’tetda davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan yo‘nalishlardan qo‘yidagi 2 ta mutaxassislik bo‘yicha magistratura ochilgan: “Foydali fazilma konlarini er osti usulida qazib olish” – 5A540202 va “Foydali fazilma konlarini ochiq usulda qazib olish” - 5A540203. Bugungi kunga kelib ushbu mutaxassisliklar yanada kengaydi. Ular qo‘yidagilardan iborat:

“Foydali qazilmalarni qazib olish” (Ochiq usulda) - 5A3111601, “Foydali qazilmalarni qazib olish” (Er osti usulda) - 5A3111601, “Kon mashinalari va jixozlari” - 5A310705, Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi - 5A321101.

Konchilik fakul’tetiga dastlab professor S.A.Abduraxmonov, (1995-2000), t.f.d Yu.D.Norov (2000-2004), dots. U.R.Inamov (2004-2005), dots. A.M.Maxmudov (2005-2010), dots. I.T.Misliboev (2010-2013) dekan vazifasida ishlagan bo‘lsa 2013 yildan fakul’tetga t.f.n L.N.Ataqulov  raxbarlik kilmoqda. Fakul’tetda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini B.Soliev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Tursunov,  murabbiylar kengashi raisi Xamidova N., uslubiyotchi D.Polvonova, hamda ish yurituvchi kotiba A.Chuliyevalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

         Professor-o‘qituvchilar soni jami 66 ta. Shulardan fan doktori 2 ta-3%, 20 nafar fan nomzodi-30.7%, 22 nafar katta o‘qituvchi 33.3%, 22 nafar assistiyent 33.3%.

Fakul’tetimizda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda faoliyat ko‘rsatgan t.f.d. prof. B.R.Raimjonov, t.f.n. dots. I.B.Nasriddinov, t.f.d. prof. Yu.D.Norov, g-m.f.n. dots. A.S.Turaev, t.f.n. dots. M.A.Asqarov, t.f.d. prof. S.A.Abduraxmonov, t.f.n. dots.U.R.Inamov, t.f.d. dots. O‘.F.Nosirov, t.f.n. dots. Z.S.Nazarov, t.f.n. dots. A.M.Maxmudov, t.f.n. dots. I.T.Misliboevlar tomonidan boshlangan  ishlarini bugungi kunda ular bilan birgalikda shogirdlari tomonidan davom ettirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Fan va texnologiyalarni rivojlantirish qo‘mitasi” tomonidan tanlovda (2012-2016 yillarga muljallangan) g‘olib chiqib 2 ta fundamental, 6 ta amaliy loyihalar asosida ishlar bajarilib jami 8 ta loyixa ishlari bajarilib tugallanmoqda.  Ular qo‘yidagi mavzu va raxbarlik asosida bajarilmoqda:

1. Ochiq konchilik ishlarida portlatuvchi quduqlarini burg‘ulashda sharoshkali va kombinatsiyalashgan dolotalarni konsturksiyalashning ilmiy asoslarini yaratish – Toshov J.B.;

2. Tog‘ jinslarini bo‘laklash asbobini kinematik va dinamik xarakteristikasini hisobga olgan holda geotexnologik skvajinalarini burg‘ulash jarayonini ilmiy asoslarini ishlab chiqish – Ataqulov L.N.;

3. Foydali qazilmalarni er ostida boyitish texnologiyasida ishlatilayotgan nasos qurilmalarining elektr yuritmalari uchun energotejamkor boshqarish tizimini ishlab chiqish – Toshov B.R.

4. Kon uskunalarini ta’mirlash texnologiyasini energotejamkor ishlanmalarini yaxlit joriy holatda mexanizmlar tugunini baholash usullari va vositalarini yaratish  - Egamberdiev I.P.;

5. Chuqur konlarda portlatish ishlarining fizik-texnik parametrlarini asoslash – Bibik I.P.;

6. Faol-yuza moddalari eritmasini qo‘llash orqali portlovchi moddalar quduqli zaryadlari portlashidan tog‘ jinslari mustahkamligini bo‘shashtirish usulini ishlab chiqish – Shemetov P.A.;

7. Shartli cheklangan ruda jismlari konlarini qazishda ruda oqimini shakllantirish usullari va muhitini ishlab chiqish-Fedyanin A.S.;

8. Uranni boyitishda nitratli-kislotali eritmalardan reniyni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish – Sodiqov X.S.

Professor-o‘qituvchilari tomonidan 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan   davlat granti asosida 2 ta mavzu buyicha ilmiy-tadqiqot ishlari davom ettirildi. Ular qo‘yidagilar:

1. Qizilqum regioni konlarini ochiq usulda qazib olganda texnologik jarayonlarni jadallashtirish – Xakimov Sh.I.

2. Konni chekli konturida ochish ishlari hajmini qisqartirish uchun portlatish parametrlarini takomillashtirish va texnologiyasini ishlab chiqish – A.M.Maxmudov.

Shuningdek “Konchilik ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2015 yilda NKMK bilan “Provedenie polupromыshlennogo ispыtaniya rudы Daugыztau i Kokpatas s ispolzovaniem traditsionnыx i mestnыx reagentov” va “Razrabotka sposoba i sozdanie opыtno-promыshlennoyustanovki skorostnogo objiga po pererabotke prirodnogo sulfidnogo sыrya i promproduktov” mavzulari buyicha xujalik shartnomalari tuzilib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Bu davlat grantlari va xujalik shartnomalari asosida bajarilayotgan ishlarga kafedra professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.  2014-2015 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilarining 60% dan ko‘prog‘i ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishdi.

         2003-2004 o‘quv yilida fakultetning 4-01 KPT (KI) guruhining iqtidorli talabasi Xaydarova Zohida “Beruniy”, 5 talaba Navoiy kon metallurgiya kombinati ta’sis etgan A.A Petrov nomli stependiyalar sovrindori bo‘lganlar. 2012-2013 o‘quv yilida Italiyaning Turin politexnika institutida 8-11 EEE guruxi talabasi  Raupov Shoxrux Alisher o‘g‘li va 7a-11 EEE guruxi talabasi Shrinov Asliddin Aloviddinovichlar o‘qib qaytishdilar. 2013-2014 o‘quv yilida 8-10 GEM guruxi talabasi  Toshniyozov Lazizjon Golib o‘g‘li AQSH Aydaxo shtati OGAYO universitetida o‘qidi.

         2012-2013 o‘quv yilida Polvonov Nurbek  va 2013-2014 o‘quv yilida Eshbekov Akmal A’zamqulovich Beruniy stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdi. 2014-2015 o‘quv yilida 7a-11 EEE guruxi talabasi Shirinov Asliddin Aloviddinovich Beruniy stipendiyasi sovrindorligini qo‘lga kiritdi. 2016-2017 o‘quv yilida 14-13 RRM guruxi talabasi Xaydarova Maloxat Erkinovna Beruniy stipendiyasi sovrindorligini qo‘lga kiritdi.