Bitiruvchilar monitoringi

Institutning 2017-2018 o‘quv yili bitiruvchilari va ularning ishga joylashganligi bandligi to‘g‘risida ma’lumot


      Institutni 2018 yilda jami bo‘lib 9 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini 631 nafar bakalavr, 8 ta magistratura mutaxassisliklarini 32 nafar magistrlar jami 663 nafar talaba bitirdi. Bulardan davlat byudjeti asosida 224 nafar, to‘lov-shartnoma asosida 407 nafar bakalavrlar bitirdi. Magistratura mutaxassisliklarini davlat byudjeti asosida 19 nafar, to‘lov-shartnoma asosida 13 nafar jami 32 nafar magistrlar bitirdi. Institutni jami 663 nafar bitirganlardan 641 nafari 96,7 % ning bandligi ta’minlangan shu jumladan: 567 nafari (85,5 %) ishga joylashgan, 41 nafari (6,2 %) magistraturaga o‘qishni davom ettirmoqda, 33 nafar (5,0) dekret va bola parvarishlash ta’tilidagilarni tashkil etadi. Institut bitiruvchilari Navoiy kon metallurgiya kombinati Davlat korxonasi, Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi, “Navoiyazot” AJ, “Navoiy elektr tarmoqlari” AJ, Navoiy “Elektrokimyozavodi” AJ, Navoiy erkin iktisodiy zonada va boshqa korxona va tashkilotlarga hamda bir qancha kichik va xususiy korxonlarga ishga joylashdilar. Institut bitiruvchilarining 60 foizdan ko‘proq qismi Navoiy kon metallurgiya kombinati Davlat korxonasi uning tarkibiy bo‘limlari Markaziy kon boshqarmasi Zarafshon sh., Shimoliy kon boshqarmasi Uchquduq sh., Janubiy kon boshqarmasi Nurobod sh., 5-kon boshqarmasi Zafarobod sh, Navoiy mashinasozlik zavodi Navoiy sh., Gidro-metallurgiya zavodi (GMZ 1) Navoiy sh. Gidro-metallurgiya zavodi (GMZ 2) Zarafshon sh., Gidro-metallurgiya zavodi (GMZ 3) Uchkuduk sh., Markaziy ilmiytadqiqot laboratoriyasiga ishga joylashgan.

2018/2019 o'quv yilida Navoiy davlat konchilik instituni bitiruvchilar to'g'risida malumot