|
|
EMF dekani Karshibayev Asqar Ilashevich Qabul vaqti: Dushanva va shanba (8:00 dan 18:00 gacha) Telefon: (998 90)
620-50-55
E-mail: a_karshibaev@mail.ru
|
Fakultet haqida
Energo-mexanika fakulteti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar asosiy fakultetlaridan bo‘lib, 1995 yil iyulda tashkil etilgan. Fakultetda hozirgi kunda jami 1233 nafar talaba tahsil oladi.
Energo-mexanika fakulteti keng qamrovdagi
5310100- «Energetika»,
5310200 «Elektr energetikasi»,
5320200 «Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish»,
5311000- «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” va
5310900- “Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifat menejmenti” yo‘nalishlari buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Mazkur fakultet bitiruvchilari mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning konchilik, mashinasozlik va energetika sohalarida hamda Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, shuningdek, turli ilmiy tekshirish institutlarida ishlamoqdalar. Xozirgi kunda fakultetda 63 nafar professor-o‘kituvchilar talabalarga fan sirlarini o‘rgatmoqdalar. Ularning 7 nafari fan doktori, 23 nafari fan nomzodi, dotsent, qolganlari esa katta o‘qituvchi va assistentlardir. 1995-2003 yillarda fakultet dekani vazifasida dotsent R.T.Ablaev, 2003-2004 yillarda dotsent U.R.Inamov, 2004-2007 yillarda dotsent K.T.Sherov, 2007-2009 yillarda dotsent B.T.Mardonov, 2009-2018 yillarda professor S.J.Bazarova ishlagan bo‘lsalar, 2018 yildan hozirgi kunga qadar t.f.d. A.I.Qarshibaev faoliyat yuritib kelmoqdalar.