Bo'lim boshlig'i: O’rinov Sherali Raufovich
Telefon: +998(79) 223-47-16
E-mail: sh_urinov@mail.ru, intdep@ndki.uz
Bo'limning maqsadi:
- Institutning tarkibiy bo'limlari, hodimlari
va tahsil oluvchilarining halqaro faoliyatini rivojlantirish;
- Xorijiy ta'lim va madaniy markazlari,
fondlari hamda chet el davlatlarining ta'lim, ilmiy va madaniy
vakolatxonalari bilan hamkorlikda Institutning madaniy hayoti, ilmiy
faoliyati va ta'lim jarayonini rivojlantirish.
Bo'limning vazifalari:
- Bo'limning yarim yillik va istiqbolli ish
rejalarini ishlab chiqish;
- Ta'lim, ilmiy va madaniy dasturlar,
loyihalar, tanlovlar va grantlar bo'yicha ma'lumotlarni e'lon qilish
tizimini yaratish;
- Institutning ilmiy loyihalari va ta'lim
dasturlari bo'yicha reklama ma'lumotlarini berish;
- Institut hodimlari va talabalarini xalqaro
dastur va loyihalarda qatnashishiga maslahat yordamini ko'rsatish,
shuningdek, universitetning ta'lim, ilmiy va madaniy dasturlari hamda
loyihalarida chet el ta'lim muassasalari, institutlari va horijliklarning
qatnashishiga yordamlashishni ta'minlash;
- Institut tarkibiy bo'limlarining xalqaro
faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bo'limning funksiyalari:
- Bo'limning joriy va istiqbolli vazifalarini
belgilash va universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirish;
- Institut fakultetlarining hodimlari va
talabalariga xalqaro dasturlar, loyihalar, tanlovlar va grantlar haqida
ma'lumot berish va qidirish;
- Viza olishga ko'maklashishni ta'minlash,
xalqaro dasturlar, loyihalar, grantlarda qatnashish haqida maslahat
berish;
- Xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun
chet el fondlari bilan hamkorlikda tadbirlarni amalga oshirish va
tashkillashtirish;
- Taklif qilingan ma'ruzachilar va
olimlarning turar joyini hamda horijiy delegatsiyalarning tashriflarini
tashkillashtirishda qatnashish;
- Institutning ta'lim ilmiy va madaniy
faoliyatlarini ommalashtirish maqsadida taqdimotlar, xorijiy
ko'rgazmalarni tashkillashtirishda qatnashish;
- Institut hodimlari va talabalarining
horijiy hizmat safarlarini ro'yhatga olish va nazorat qilish;
- Institutning web-sahifasini bo'lim haqidai
ma'lumotlar bilan ta'minlash;
- Institutning horijiy ta'lim va ilmiy
muassasalari, tashkilotlari va fondlari bilan hamkorlik shartnomalarini
monitoring qilish.