Umumiy ma’lumot

Navoiy davlat konchilik instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi PF-1203-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 26 iyuldagi 289sonli Qarori bilan tashkil etilgan.

Institut O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishini ta'minlash va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlash maqsadida tashkil etilgan.

Institutda jami 192 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 10 nafari fan doktori, professorlar, 54 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 33% ni tashkil etadi.

Fakultetlar

Konchilik fakulteti

Energo-mexanika fakulteti

Kimyo-metallurgiya fakulteti

Zarafshon umumtexnika fakulteti (Zarafshon shahrida)

Institutda 2500 dan ortiq talaba tahsil oladi. 

 

Ta’lim yo’nalishlari

· Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

· Metallurgiya

· Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar (tarmoqlar bo‘yicha)

· Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatining menejmenti

· Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

· Konchilik ishi

· Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha)

· Konchilik elektr mexanikasi

· Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish

· Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

· Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

· Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi

 

Mutaxassisliklar

· Metallurgiya (metall turlari bo‘yicha)

· Konchilik mashinalari va jihozlari

· Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)

· Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari bo‘yicha)

· Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari bo‘yicha)

· Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo‘yicha)

· Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

· Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi

 

O‘quv laboratoriya bazasi
·        hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ1533sonli Qarori bilan zamonaviy va milliy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan 2000 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan institutning yangi o‘quv binosining 1-etap qurilishi yakunlandi
·        4 ta oquv laboratoriya binolari eng yangi zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan hamda zamonaviy komyuter sinflari va multimedia vositalari bilan jihozlangan.
·        Quydagi kompaniyalarning o‘quv laboratoriya jihozlaridan foydalanib kelinmoqda: PHYWE Systeme GmbH & Co. KG, Lucas-Nülle GmbH, Fieldmond Projects LLP, Forticon Commercial LLP, DistriLab.

 

Ilmiy tadqiqotlar. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

Navoiy, Zarafshon va Olmaliq shaharlarida joylashgan yerik ishlab chiqarish korxonalarida institutning kafedralar filiallari tashkil etilgan. Masalan: “Metallurgiya” kafedrasining filiali NKMK 1-sonli gidro-metallurgiya zavodida, “Elektr energetika” kafedrasining filiali Navoiy elektr tarmoqlari korxonasida va Navoiy issiqlik elektr stansiyasida, “Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlari”, “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedralarining filiallari Navoiy mashinasozlik zavodida, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi filiali “Navoiyazot” aksionerlik jamiyatida. Talabalar ushbu kafedra filiallarida laboratoriya ishlarini amaliyotda bajarish bilan bir qatorda va ishlab-chiqarish korxonalarining kutubxonalaridagi texnik adabiyotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar