Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi
226-son qaroriga 3-ilova
Nomli davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom.
1. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek va Imom
al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy
ta’lim muassasalarining bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs
talabalariga tayinlanadi.
2. Kelgusi o‘quv yili uchun davlat
stipendiyalari soni joriy o‘quv yili oxirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari
bo‘yicha nomli stipendiyalarni taqsimlashni ta’lim ixtisosiga va talabalar
soniga muvofiq amalga oshiradi.
3. Stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi
mezonlarni bajarish belgilanadi:
Tillarni bilish bo‘yicha umumiy talablar
darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan, oliy ta’lim muassasalarining tillar bo‘yicha ixtisoslashmagan
mutaxassisliklar uchun xorijiy tillarga bo‘lgan talablari hajmida belgilanadi.
Nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu
tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til
kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar.
4. Nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun
nomzodlar ko‘rsatish davlat oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlari
tomonidan, talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatlarini ommaviy muhokama
qilish asosida amalga oshiriladi.
Nomli davlat stipendiyasiga talabgorlar
dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni taqdim qiladilar:
Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga
joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada nomli davlat stipendiyasining nomi,
talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi
ko‘rsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali
oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlarning qarorlari oliy ta’lim
muassasalari qarashli bo‘lgan vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga nomli davlat
stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida tavsiyanomalar jo‘natishi uchun asos
bo‘ladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir
marta ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish muddati — 10 - 25 sentyabr.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining qarori davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarga
nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarni
rasmiylashtirishi uchun asos bo‘ladi.
Stipendiyalar 1 sentyabrdan boshlab, bir yil
muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy muvofiq holda tayinlanadi.
Stipendiyalarni yangi muddatga qaytadan tayinlash ham aynan shu tartibda amalga
oshiriladi.
8. Nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan
talabalarga quyidagi guvohnomalar beriladi:
Guvohnomalar talabalarning o‘qish joyida
tantanali vaziyatda topshiriladi.
9. Nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan
talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida, tegishli
mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida
qabul qilinadilar.
10. Nomli davlat stipendiyalariga sazovor
bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng bir yil mobaynida
magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar
guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘lish huquqini saqlab
qoladilar.
11. Talabalarni kundalik darslarni
o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun
o‘quv yili mobaynida nomli davlat stipendiyalaridan mahrum qilish davlat oliy
ta’lim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar
buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin.