O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
to’grisida”gi PF-4958-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
universitetda oily o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga muvofiq
falsafa (Doctor of Philosohy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini
berish bo’yicha ishni tashkil etish;
· O’zbekiston Respublikasi Oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot
faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ish olib borish;
· O’zbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish vazirligi va boshqa oily o’quv yurtlarining tegishli bo’limlari bilan
o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilishini tashkil etish, axborotlar almashib turilishini
ta’minlash;
· Kafedralarning ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish,
ularning me’yoriy-uslubiy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish orqali
ilmiy ishlanmalar ko’lamini kengaytirish va iqtisodiy samarasini mustahkamlashga
ko’maklashish;
· Institutning ilmiy pedagogik kadrlar
tayyorlashning uzluksiz dasturuni va amalga oshirilishini nazorat qilish;
· Institut va uning tarkibiy bo’linmalari
hisoblangan fakul’tetlar va kafedralarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish;
· O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son qaroriga muvofiq kafedralarda vazirlik, qo’mita,
tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi
innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida
olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
· Institut fakultetlari va kafedralarining
ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini tasdiqlash
va uning bajarilishini muntazam monitoring qilib borish;
· Har bir ilmiy tadqiqotchi miqyosida
ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni ro`yxatga olib borilishini ta’minlash;
· Institutda ilmiy ishlarning holati
va salohiyati, uning rivojlanishi yo’nalishlarini tavsiflovchi ma’lumotlar monitoringini
tashkil qilish;
· Institut, fakultet va kafedralarning
ilmiy ishlanmalari ko’rgazmasini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;
· Ilmiy seminarlar, konferensiya
va simpoziumlar o’tkazish rejasini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;
· Ilmiy xodimlarning ilmiy hamda
o’quv-uslubiy imkoniyatlardan to’la va
samarali foydalanish maqsadida ularga zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy va texnik
shart-sharoitlarni yaratishda ko’maklashish;
·
Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun moddiy va ma’naviy
rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, maxsus mukofotlarni ta’sis
etish;
· Talabalar orasidan O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti Davlat stipendiyasi, Beruniy, Zulfiya va Islom Karimov
nomidagi va boshqa nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish;
· Institut fakul’tetlari va kafedralarida
ilmiy to’garaklari faoliyatini bevosita muvofiqlashtirish va monitoring olib borish;
· Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatiga,
xo’jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va
ularni faoliyatini monitoring qilib borish;
· Institut
professor-o’qituvchilarining shaxsiy ish rejasida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari
rejasini bajarilishini nazorat qilib boorish va monitoringini yuritish;
· Institut professor-o’qituvchilarini,
tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarni fundamental, amaliy,
innovasion va yosh olimlarning ilmiy loyihalari tanloviga hamda xo’jalik shartnomalari
asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va ularning faoliyatini
monitoring qilib borish;
· Institutda tayanch doktorantura,
doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilar qabulini tashkil etish, hujjatlar qabulini
olib borish, qabul imtihonlarini o’tkazilishini tashkil etish;
· Tayanch doktorantura,
doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash
va bajarilishini nazorat qilib borish;
· Institutning o’quv va ilmiy faoliyatida
tadqiqotchilarning dissertasiya ishlaridagi ilmiy yangiliklarini joriy qilinishini
ta’minlash, natijalardan foydalanilganligi to’g’risidagi dalolatnoma ma’lumotnomalarni
tayyorlash;
· Institut, fakul’tetlar va kafedralarda ilmiy seminarlar
va konferensiya o’tkazish rejalarini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlsh
Ilmiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari
Institut olimlarining olib boradigan ilmiy-tadqiqot
ishlari juda keng va xilma-xildir. Bular geotexnologiya, foydali qazilmalarni boyitish,
materiallar va nanomateriallar, dinamik texnologiyalar, yuqori samarador mashinalar
va uskunalar, konchilik, kimyo neft kimyo va electron qurilmalar ishlab chiqarishda
zamonaviy fundamental tadqiqotlar, mashinasozlik va asbobsozlik, dasturlash va axborot
tizimlari, standartlashtirish tizimlari, metralogiya va sertifikatlashtirish, konchilik
va kimyo sanoati iqtisodiyoti, konchilik, kimyo va mashinasozlik sanoatida modellashtirish,
shuningdek tarix va tillar nazariyasi.