NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA
TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
“NAVOIY” ILMIY-TEXNOLOGIYA SANOAT PARKI
1. Strategik dasturning maqsadi
Mamlakat manfaatlari va davlatimizning iqtisodiy
hamda ijtimoiy taraqqiyot sohasidagi ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan
holda ilmiy-tadqiqot va innovasion-texnologik loyihalarni ishlab chiqishni
samarali yo‘lga qo‘yish.
NITSP da yangi innovasiyaviy ilg‘or g‘oyalarni ilgari
suruvchi, jahon ilm-fanidagi yangi, istiqbolli yo‘nalishlarni muntazam kuzatib
boruvchi hamda mamlakat manfaatlari yo‘lida qo‘llay olishga qodir iqtidorli
yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish.
NITSP ining
intellektual salohiyatidan hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun
ajratiladigan moliyaviy mablag‘lardan maksimal darajada oqilona foydalanishni
ta’minlash;
ilm-fan rivoji va innovasiya faoliyatini tashkil
etishni takomillashtirish bo‘yicha muntazam ish yuritish va bunda institut
hamkorlik qiladigan ishlab chiqarish korxonalari va kompaniyalar, oliy ta’lim
muassasalari, ilmiy tekshirish institutlari markazlari, xorijiy universitetlar
va kompaniyalar bilan yangi tadqiqotlar olib borishga doir takliflar kiritib
borish;
ilm-fan va texnologiyalar sohasida xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va
innovasiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investisiyalarni,
homiylar mablag‘larini va grantlarni jalb etish.
amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovasion
loyihalar bo‘yicha joriy va yakuniy hisobotlar monitoringini olib borish;
NITSP ining ustuvor ilmiy-tadqiqot va
ishlab chiqarish yo‘nalishlari.
Universitet ilmiy izlanuvchi olimlarini ilmiy ishlari
uchun tadqiqotlar o’tkazishga kumaklashish
Sanoat chiqindilaridan gidrometallurgiya zavodlari
uchun gidrosiklon pastki qismlarini (нижная насадка) ishlab chikish
Aholini sifatli suv bilan ta’minlash uchun stasionar
suv filtrlarini ishlab chiqarish
NMZ ICHB dan detallarga mexanik ishlov berish uchun
buyuritmalarni bajarish
Kimyoviy laboratoriyalar uchun shisha idishlar ishlab
chiqish va ularni ta’mirlash
Universitet logotipi tushirilgan buyumlar ishlab chiqarish
Komutatsiya elektr qurilmasini ishlab chikarish
Ichki ishlar vazirligi va mudofa vazirligi uchun
maxalliy xom ashyolardan zirxli nimcha ishlab chikish texnologiyasini yaratish
va ishlab chikarishni yulga kuyish
Taklif etiladiga yangi innovasion goyalarni
amaliyotga tadbik etish.