NDKTU huzuridagi 2 - Akademik litsey

NDKTU huzuridagi 2-akademik litsey direktori

Tadjitdinova Feruza Rahmonqulovna

Telefon: (998 79) 220-31-02

web sayt: www.2-litsey.uz 

E-mail: info@2-litsey.uz


O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi

        O'rta maxsus ta`lim kasb-hunar ta`limining bir shakli bo'lib, asosiy maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo'g'inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka va ko'nikmalarni talab qiluvchi ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi o'z ishining ustalari bo'lgan – texnik, agronom, boshlang'ich sinf o'qituvchilari, feldsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. O'rta maxsus ta`lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori bosqichi talab etiladigan balet, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham kiradi.

       O'rta maxsus ta`lim umumiy o'rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan bir qatorda kasb-hunarga oid bo'lgan malaka va ko'nikmalarni ma`lum bir sohada rivojlantirishga qaratilgan.


O'rta maxsus kasb-hunar ta`limi

     Uch yilga mo'ljallangan majburiy o'rta maxsus kasb-hunar ta`limi (O'MKHT) uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil ko'rinishi hisoblanadi. U O'zbekiston Respublikasining "Ta`lim to'g'risidagi qonun" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida amalga oshiriladi.

      Akademik litsey – o'qish uch yilga mo'ljallangan o'rta maxsus yo'naltirilgan o'quv dargohi bo'lib, davlat ta`lim standartiga mos ravishda o'quvchilarning bilimlari aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo'naltirilgan holda chuqurlashtirib beriladi. Akademik litseylarda o'quvchilar ta`lim yo'nalishini ixtiyoriy ravishda - gumanitar, tabiiy fanlar yo'nalishi tarzida tanlaydilar.

        Akademik litseylar oliy o'quv yurtlari qoshida ochilgan bo'lib, qoidaga muvofiq asosiy e`tibor oliy o'quv yurtlarining yuqori malakali o'qituvchilarini litseydagi o'quv jarayoniga jalb etish, kerak bo'lsa OO'ning tajriba maydonlari, kutubxonalaridan litsey o'quvchilarining foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.

       Akademik litseydagi yo'naltirilgan, chuqurlashtirilgan o'quv jarayoniga zarur bo'lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish olib boriladi.

       Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o'rta ta`lim va kasb ta`limi dasturlari quyidagi tarzda qo'llanadi:

·         Uchta bosqichda.

·       Har bir bosqichda o'quv jarayoni nihoyasiga yetgach, o'quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o'tkaziladi.

·         O'quv yili ikki semestrdan iborat hamda o'quv ta`tillari 10 yoki 12 hafta davom etadi.

·         O'quvchilar guruhlarga o'qitish kurslari, yo'nalishlari asosida ajratiladi.

·     Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida auditoriya mashg'ulotlari uchun akademik soat 40 minut qilib belgilangan. Zarurat yuzasidan mashg'ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin.

     

    O'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilariga o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi olganligi haqidagi quyidagi namunada diplom beriladi:

·         Akademik litseylar uchun fanlar o'qitilganligini yo'nalishini ko'rsatilgani holda.