Kasaba uyushmalar


5-son Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi Babayev Sharofjon Raxmatjonovich

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PHD)

Qabul vaqti:

Dushanba-Juma (8:00 dan 17:00 gacha)





Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasining vazifalari
2.4.1.Universitet ichki nizomlar bilan belgilangan qoʼshimcha ish haqlarini toʼlash uchun ishlatiladigan ish haqi toʼlash tizimlarining toʼgʼriligini nazoratini, shuningdek mehnat sharoitlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini yaxshilash boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
2.4.2.Tashkilotda davolanishga muhtoj xodimlarni har yilgi tibbiy koʼrikdan oʼtkazish va kasalxonaga yotqizish tizimini tashkil etilganligini nazorat qilish;
2.4.3.Institutda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini bajarilishiga koʼmaklashish, xodimlarning ijodkorligini qoʼllab quvvatlash va rivojlantirish;
2.4.4.Mehnat qonunchiligiga rioya etish nazoratini amalga oshirish, xodimlarning
huquqiy bilimlarini oshirishga koʼmaklashish;
2.4.5.Kasaba uyushma aʼzolari oʼrtasida mehnat va taʼlim intizomini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish, ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish boʼyicha choralar belgilash;
2.4.6.Mehnat jamoasi aʼzolarining mehnat qilish haq-huquqlarini himoya qilish;
2.5.Ish beruvchi 5-son Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan birgalikda quyidagi qarorlarni qabul qilinadi:
- mehnatga haq toʼlash shartlari, shakllari va tizimdagi oʼzgarishlar boʼyicha;
- ish vaqti tartibi boʼyicha;
- mehnat sharoitlarni yaxshilash va mehnat xavfsizligini oshirish boʼyicha;
- ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, maʼnaviyat va maʼrifatni rivojlantirish boʼyicha;
- ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishda oʼzgartirishlar kiritish boʼyicha
- Xodimlar, oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslar hamda ish bilan taʼminlangan boshqa shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan kirish huquqiga egadir.
- “Kasaba uyushmalari oʼz faolyatida davlat organlaridan, xoʼjalik boshqaruvi organlaridan, ish beruvchilardan va ularning birlashmalaridan, siyosiy partiyalardan, hamda boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining faoliyatiga aralashishga yoʼl qoʼyilmaydi”.
- “Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonun hujjatlarida kafolat beriladigan mehnat huquqlari, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari biror bir tarzda cheklanishiga sabab boʼlmaydi. Xodimni ishga qabul qilish, xizmat pogʼonalariga koʼtarish, shuningdek u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirishni yoki undan chiqishni shart qilib qoʼyish taqiqlanadi”.
- “Kasaba uyushmasining faoliyatini tugatish ustavda belgilangan tartibda uning vakolatli organi qaroriga koʼra amalga oshiriladi. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyati Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid boʼlgan taqdirda, bu faoliyat sudningqarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalarining faoliyatini biror bir boshqa organning qaroriga koʼra taqiqlashga yoʼl qoʼyilmaydi”.
- “Kasaba uyushmalari, oʼz aʼzolarining mehnat huquqini himoya qiladi, ish bilan taʼminlash borasidagi davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etadi, tashkilotlarda ishdan boʼshatiladigan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni qonun hujjatlari asosida jamoa shartnomasida belgilanadigan chora-tadbirlarni taklif etadi.
- Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimlarning soni (shtati) yoki mehnat sharoitlari oʼzgarishiga olib keladigan tarzda tashkilotni va uning tarkibiy boʼlinmalarini tugatish, ishlab chiqarishni toʼliq yoki qisman toʼxtatib qoʼyish tegishli kasaba uyushmalari kamida ikki oy oldin xabardor qilingan, hamda ular bilan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan muzokaralar oʼtkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
- Kasaba uyushmalari aholini ish bilan taʼminlashning holati va aholini ish bilan taʼminlash toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya ztilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
- Аgar jamoa shartnomasida, kelishuvida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʼmitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʼlsa, bunday rozilikni olmay turib shartnomani bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi”.
- Kasaba uyushmalarining muzokaralar olib borish va jamoa shartnomalari, kelishuvlari tuzish huquqlari
- Kasaba uyushmalari ish beruvchi, ish beruvchilarning birlashmasi bilan jamoa muzokaralarini olib borishda va jamoa shartnomalarini, kelishuvlarini tuzishda ustuvor huquqqa ega boʼladi, ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
- Аgar kasaba uyushmalari jamoa shartnomasi, kelishuvi tuzish taklifi bilan chiqsa, ish beruvchilar, ularning birlashmalari bu haqda muzokaralar olib borishi shart.
- Kasaba uyushmalarining xodimlari ijtimoiy himoya qilishga doir huquqlari
- Kasaba uyushmalarining mehnat sharoitlari va mehnatga haq toʼlash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi xafsizlik, xodimlarning uy-joy sharoitlari, ularni ijtimoiy sugʼurta qilish, ularning sogʼligʼini va madaniy manfaatlarini muhofaza qilish, pensiya taʼminoti sohasidagi huquqlari tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
- Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari oʼz vakolatlari doirasida xodimlarni ijtimoiy va iqtisodiy jixatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi oʼzgarishiga qarab konpensatsiya toʼlash miqdorlarini aniqlashda ishtirok etadi, tirikchilik uchun qonunlar belgilangan zarur eng kam miqdorga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning miqdoriga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kasaba uyushmalarining birlashmalari ushbu masalalar boʼyicha jamoa kelishuvlari tuzishi mumkin.
- Kasaba uyushmalarining qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir huquqlari
- Kasaba uyushmalari ish beruvchi tomonidan mehnat va kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Ish beruvchi qonun hujjatlari buzilishlarini bartarab etish toʼgʼrisidagi taqdimnomalarni koʼrib chiqishi va koʼrib chiqish natijalari haqida kasaba uyushmasiga oʼn besh kunlik muddat ichida xabar berishi shart.
- Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga daʼvo arizasi bilan, shuningdek sud buyrigʼini chiqarish toʼgʼrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
- Kasaba uyushmalarining mehnatga oid masalalar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa masalalari yuzasidan axborot olish huquqlari
- Kasaba uyushmalari ish beruvchilar, shuningdek davlat organlaridan, xoʼjalik boshqaruvi organlaridan mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʼliq masalalar yuzasidan belgilangan statistika hisobotlari doirasida bepul axborot olishga haqlidir.
- . Kasaba uyushmalari faoliyatining kafolatlari
- Ish beruvchilar va mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishi, ularning faoliyatiga koʼmaklashishi shart. Ular kasaba uyushmalarining huquqlarini buzganlik yoki ularning qonuniy faoliyatiga toʼsqinlik qilganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʼladi. Ish beruvchilar va mansabdor shaxslar kasaba uyushmalari vakillarining shu kasaba uyushmalari aʼzolari ishlayotgan tashkilotlarga ustavda belgilangan maqsad va vazifalarni hamda qonun hujjatlarida berilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishiga toʼsqinlik qilishga haqli emas.
- . Ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar
- Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas:
- kasaba uyushmasi organi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan xodimlarga - shu organning roziligi olinmasdan turib;
- tashkilat boʼlinmalaridagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga – tegishli kasaba uyushmasi organining roziligi olinmasdan turib;
- tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga, kasaba uyushmalari tashkilotchilariga – tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olinmasdan turib.
- Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, ular aʼzo boʼlgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan taqdirdagina, tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining raislari va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa, yuqoridagilardan tashqari faqat tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olingan taqdirdagina yoʼl qoʼyiladi.
- Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarning mehnatga oid qoʼshimcha kafolatlari
- Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni, ularning saylab qoʼyiladigan lavozimdagi vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi.
-   Ish beruvchilar kasaba uyushmalari faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish borasidagi majburiyatlari
-       “Jamoa shartnomasiga, kelishuviga muvofiq tashkilot oʼz mulki boʼlgan yoxud oʼzi ijaraga olgan binolarni, inshootlarni va boshqa obʼektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan madaniy – maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʼlomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur boʼlgan dam olish maskanlarini, bolalar-oʼsmirlar oromgohlarini va boshqa sogʼlomlashtirish oromgohlarini kasaba uyushmalariga tekin foydalanish uchun beradi. Tashkilot maqsadi va miqdorlari jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan mablagʼlarni kasaba uyushmalariga oʼtkazadi.
- Tashkilotda ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi, kelishuvi bilan tartibga solinadi”.