O'zbekiston yoshlar Ittifoqining boshlang'ich tashkiloti

                       
 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida  yoshlarning oʼzini-oʼzi boshqarish ijtimoiy harakati  yoshlarning oʼzini-oʼzi boshqarish ijtimoiy harakati
                         Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʼich t tashkiloti faoliyati yuzasidan  
 
Ma'lumot

              Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bugungi kunda 6 ming nafarga yaqin talaba tahsil olayotgan boʼlib, universitetda yoshlarning oʼzini oʼzi boshqarish tashkiloti sifatida Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqining Boshlangʼich tashkiloti faoliyat olib bormoqda.
Universitetda yoshlar tashkiloti uchun alohida xona ajratilgan boʼlib, yoshlar yetakchilari talabalar bilan erkin muloqot olib borishi, murojaatlarni tinglash, yigʼilishlar oʼtkazish uchun barcha imkoniyatlarga ega. 
Bugungi kunda boshlangʼich tashkilot qoshida talabalarning tashabbusi bilan “Talaba ovozi”, ansambili, “Parvoz” talabalar teatr studiyasi, “Talablarga binoan talabalar — “QVZ” jamoasi, “Zakovat” intellektual klubi, “Yosh kimyogarlar” klubi, “Аshixara-Karate” sport klubi, “Notiqlik” toʼgaragi kabi ijodiy, intellektual va sport mashgʼulotlari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. 
Bundan tashqari, universitet Yoshlar ittifoqi tarkibida quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha alohida yetakchilar faoliyat olib bormoqda. Xususan, talabalar murojaatlari bilan ishlash yetakchisi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlash yetakchisi, sport-salomatlik yoʼnalishi yetakchisi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va yoshlar turizmi yetakchisi, taʼlim tizimini monitoring qilish yoʼnalishi yetakchisi, tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yoʼnalishi yetakchisi, faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yoʼnalishi yetakchisi, muddatli harbiy xizmatni oʼtab, oʼqishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yoʼnalishi yetakchisi vazifalari belgilangan. 
Oliygohda 2021\2022 oʼquv yilida chin yetim talabalar 6 nafar, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 8 nafar, otasi yoki onasi yoʼq talabalar 182 nafar, nogironligi boʼlgan talabalar 42 nafarni tashkil etib, universitet yoshlar tashkiloti aralashuvi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj 116 nafar talabaning toʼlov-shartnoma pullari “Yoshlar daftari” hamda mahalliy hokimliklar orqali va OTM tomonidan qoplab toʼlab berildi. 
Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʼtab, imtiyoz bilan OTMga oʼqishga kirgan va oʼzlashtirish koʼrsatkichi 71 foiz va undan yuqori boʼlgan 9 nafar talabaga shartnoma toʼlovining 35 foiz miqdori — 29 272 520 (yigirma toʼqqiz million ikki yuz yetmish ikki ming besh yuz yigirma) soʼm mablagʼ Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan toʼlab berildi.

Boshlangʼich tashkilot ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi rasmiy sahifalariga ega va muntazam ravishda mazkur sahifalarga yangilik va xabarlar joylashtirilib borilayapti:
“Telegram” tarmogʼida — https://t.me/ndki_yi 
“Instagram” tarmogʼida — https://www.instagram.com/ndktu_yi/ 
“Feysbuk” ijtimoiy tarmogʼida —https://www.facebook.com/profile.ph-p?id=100078030049631