|
Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi boshlig’i
|
Axmedov Nasriddin Baxodirovich
|
Qabul vaqti:
|
Seshanba –
Payshanba (14:00 dan 16:00 gacha)
|
Telefon: (998 79)
223-34-88
|
E-mail: atm@ndki.uz
|
Markaz faoliyati haqida
ma’lumot
Markaz o‘zining faoliyatini va
rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa
mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish
istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va
material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.
Ko‘rsatiladigan xizmat va ish
turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni
yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.
Markaz xo‘jalik subyektlari va
fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va NDKTU Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.
Markazning boshqa
tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati
barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida
o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va NDKTU Nizomiga zid
bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini
boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.
Markaz quyidagi faoliyat
turlarini ko‘rsatadi:
- Axborot marketingni tashkil etish
- Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda
malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish
- Axborot
texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va
fani sohalariga tadbiq qilish
- Masofaviy
ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini
tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish
- Horijiy
mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot
institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot
aloqalarni ta’minlash
- Internet
tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular
bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish
- Hisoblash
texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish,
ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash
- Axborot-kompyuter
tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash
- Ma’lumotlarni
yig‘ish, qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy
qilish
- Ilmiy-tadqiqot,
izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish
- Seminarlar,
konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma, yarmarkalarni tashkil qilish va
o‘tkazish
- Markazning
asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Kadrlar
tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun, NDKTU intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish
- O‘quv
jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini
rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot
natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish
- O‘zbekiston
Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash,
iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan
intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy
natijalarni erkin ayriboshlash
- Talabalar,
magistrantlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar,
professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika hamda axborot
texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil
qilish