Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» Davlat korxonasi   bosh direktori  

Sanakulov Quvandik Sanakulovich

Virtual qabulxona

Rektorga to'g`ridan to`g`ri murojaat

Tarjimayi hol:

1957-yilda tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Muhandis-metallurg, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Qahramoni.

Mehnat  faoliyati:               

Institutni 1979-yilda tugatgandan so‘ng, «O‘zbekoltin» ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi qimmatbaho metallar Davlat qo‘mitasining turli lavozimlarida ishlagan. 

1994-1997- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Industrial rivojlantirish Kompleksining  mas’ul xodimi. 

1997-2007- yillarda G‘allaorol tumani hokimi vazifasida va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining turli lavozimlarida ishlagan.

2007-2008- yillarda   O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari. 

2008- yildan hozirgi vaqtgacha «Navoiy kon- metallurgiya kombinati» Davlat korxonasi bosh direktori, 2014-yilning aprel oyidan o‘rindoshlik asosida Navoiy davlat  konchilik instituti rektori.

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 5, 10, 15, 20, 25 yil» esdalik nishonlari,  2004- yilda   «Do‘stlik» ordeni, 2009- yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni, 2011-yilda  «Fidokorona xizmatlari uchun»  ordeni, 2015-yilda «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

2004-2009; 2009-2014; 2014-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent va Navoiy viloyati  xalq deputatlari Kengashi deputati,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan a’zosi. 

 

Vazifalari:

O‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining amaldagi qonunlariga muvofiq  ravishda, Navoiy davlat konchilik instituti  Ustaviga binoan amalga oshiradi.