O'zbek va chet tillar

O'zbek va chet tillar kafedra mudiri

Ergashev Ilhom Yuldoshevich

Qabul vaqti:

Har ishchi kuni (10:00 dan 15:00 gacha)

Telefon: (998 97) 322-81-77

E-mail: ergashevilhom@mail.ru




Kafedra Tarixi

     "O‘zbek va chet tillar" kafedrasining tarixi Toshkent politexnika instituti tarkibida Navoiy o‘quv maslahat punkti tashkil etilgan davrlarga borib taqaladi.
Dastlab kafedrada 5 nafar o‘qituvchi ishladi, ulardan katta o‘qituvchilar: F.G.Saidov - nemis tili, V.N.Antonova - rus tili, G.N.Tixonova - rus tili, M.J.Berdiyeva - rus tili, assistent L.F. Bondarenko - ingliz tili. 1987-1992-yillarda "Jismoniy tarbiya" o‘qituvchilarini kafedramiz tarkibiga qo‘shib, kafedra umumta'lim fanlari nomi bilan atala boshladi. Professor o‘qituvchilar soni 5 tadan 16 kishiga ko‘paydi. 1993-1995 yillarda "Jismoniy tarbiya" kafedrasi mustaqil kafedra bo‘lgandan keyin, kafedramiz "O‘zbek va chet tillari" kafedrasi deb nom oldi.
1995 yil 7 iyulda Markaziy Osiyoda yagona konchilik instituti tashkil qilindi. 1995 yildan kafedra o‘z faoliyatini "O‘zbek va chet tillar" nomi ostida tashkil etib kelmoqda.
Mustaqil Respublikamizning istiqlolini qo‘lga kiritganligi ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga kirib borishimiz barcha fuqarolar, turli sohadagi mutaxassislar, talabalarning chet tillarni o‘rganishini davr talabiga aylantirdi. Bu borada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti tomonidan PQ-1875 sonli qarorning e'lon qilinishi chet tili o‘qituvchilari zimmasiga ulkan mas'uliyatni yukladi. Hukumatimiz tomonidan barcha ta'lim muassasalarida chet tillarni mukammal o‘rgatish, chet tili o‘qituvchilari bajarishi lozim bo‘lgan asosiy masala sifatida qo‘yilmoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan turli aloqalarning rivojlanishi, hamkorlikdagi qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi va chet ellarga qilinayotgan safarlarning kengayishida xorijiy tillarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Kafedrada o‘kuv rejasiga muvofiq quyidagi fanlar o‘qitiladi.
Bakalavriat:
• O‘zbek tili
• Rus tili
• Ingliz tili
• Frantsuz tili
• Nemis tili
Magistratura:
• Ingliz tili
• Frantsuz tili
• Nemis tili