Ilm-fan 2020

Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo`yicha

“MASLAHAT MARKAZI”

(institut rektorining 2018 yil 20 iyundagi 1/351 sonli buyrug’I)

 

Ilmiy ishlar va innasiyalar bo`yicha prorektorlik negizida Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo`yicha professor-o`qituvchilar, doktorantlar va talabalar uchun ko’maklashuvchi “MASLAHAT MARKAZI” tarkibi:

 

F.I.SH.

Lavozimi

1

Nurmurodov T.I, texnika fanlari doktori

Ilmiy ishlar va innavatsiyalar bo`yicha prorektor

2

Kadirov Yo.B.

Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i

3

Axmedov N.B

Axborot texnologiyalari markazi bo’lim boshlig’i

4

Urinov SH, texnika fanlari nomzodi, dotsent

Xalqaro aloqalar bo’limi boshli’gi

5

Ibragimov M

Ilmiy va ilmiy pedagogic kadrlar tayyorlash bo’limi injeneri

 

 

Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumot bazasidan foydalanishni tashkil etish bo’yicha mas’ullar:

F.I.SH.

Lavozimi

1

Avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi

Jumayev O.A,  

texnika fanlari nomzodi, dotsent

2

Elektroenergetika

Tovbayev A, 

texnika fanlari nomzodi, dotsent

3

Mashinasozlik texnologiyasi

Axmedov X, 

texnika fanlari nomzodi, dotsent

4

Konchilik ishlari

Tuxtashov A,

texnika fanlari nomzodi, dotsent

5

Noyob va radioaktiv metallar

Zoirov Sh,

texnika fanlari doktori, dotsent

6

Kon elektromexanikasi

Maxmudov A, 

texnika fanlari nomzodi, dotsent

7

Metallurgiya

Umirov F, 

texnika fanlari nomzodi, dotsent

8

Kimyoviy texnologiya

Vapoyev X

 

      2018 yilning 23 mart kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaroilmiyma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun Milliy bitimni tantanali imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

      Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov, “Elsevier” xalqaro kompaniyasi vitse-prezidenti Feliks Xayest va kompaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Jahon banki mutasaddilari, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2848-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish Dasturini ishlab chiqdi. “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish Dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ilmiy salohiyatni, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.“Elsevier” kompaniyasi “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish Dasturida mamlakatimiz ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, olimlarning dunyo ilmiy reytingidagi o‘rnini ko‘tarish, respublika ilmiy jurnallarini “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan ilmiy nashrlarda chop etishlariga ko‘maklashishni ko‘zda tutgan.Ma’lumot uchun:“Elzevir” (Elsevier) – fan, ta’lim va tibbiyot sohasida innovatsion yechimlarni va mahsulotlarni taklif etadigan jahondagi eng yirik nashriyotlardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning vakolatxonalari Amsterdam, London, Nyu-York shaharlarida joylashgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab 70ga yaqin ofislari bor. Nashriyot Reed Elsevier media-xoldingning bir qismi bo‘lib, jahonning eng yirik 500 kompaniyalari ro‘yxatiga kiradi. 2500dan ortiq jurnallar, 20000ga yaqin kitob va ma’lumotnomalarni chop etadi. Nashriyotning “Scopus” ilmiy ma’lumotlar bazasi ilmiy nashrlar va iqtiboslar keltirish, “Science Direct” ma’lumotlar bazasi esa ilmiy nashrlarni tarqatish tizimini rivojlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi huzuridagi

Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi axborot xizmati


Foydali resurslar

Scopus xalqaro ilmiy texnik ma'lumotlar bazasi

Science direct xalqaro ilmiy texnik ma'lumotlar bazaasi

Elsevier kompaniyasining rasmiy sayti

NDKI maslahat markazi

Ilm-fan 2020 yangiliklari: World class publication

Ilm-fan 2020 yangiliklari: Elsevier step by step