|
|
Metallurgiya kafedra mudiri Azimov Oybek Axmadovich
Qabul vaqti: Dushanba - Juma (14:00 dan 16:00 gacha) Telefon: (998 90)
731-77-44
Email: azimov_nggi@umail.uz
|
Kafedra Tarixi
Navoiy davlat konchilik instituti Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1995-yil 7-iyuldagi Farmoni, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 26 iyuldagi Qaroriga asosan tashkil etildi. Navoiy viloyatida yuqori malakali, chuqur nazariy bilim va amaliy koʼnikmalarga ega,iqtisodiy tarmoqlarning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʼsha oladigan, mehnat bozorida oʼz oʼrnini topa oladigan yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida 2022-yil 31-martda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-186-sonli QАRORiga asosan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi. Universitetning Konchilik, Energo-mexanika, Kimyo-metallurgiya va Qishloq xoʼjaligi fakultetlarida 14 ta kafedra faoliyat yuritib kelmoqda. Metallurgiya kafedrasi Kimyo-metallurgiya fakulteti tarkibida boʼlib, kafedrada yuqori kasbiy mahoratga ega boʼlgan tajribali va malakali mutaxassislar, jumladan 4 nafar professor, 8 nafar dotsent, 8 nafar katta oʼqituvchi va assitentlar, shuningdek Respublikamizning kon-metallurgiya sanoati yirik korxonalari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” АJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” АJ hamda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Qarshi muxandislik va iqtisodiyot instituti kabi oliy oʼquv yurtlarida faoliyat yuritib kelayotgan yuqori malakali, ilmiy darajaga ega yetuk mutaxassilar oʼrindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, Metallurgiya kafedrasida Belorussiya milliy texnika universiteti professorlari I.А.Ivanov, S.L.Rovin kabi xorijiy professor-oʼqituvchilari dars jarayoniga jalb qilingan. 2022-2023 oʼquv yilida kafedraning taʼlim va tadqiqot jarayonlariga malakali xorijiy mutaxassilarni jalb qilish, shuningdek yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan samarali aloqalar oʼrnatish boʼyicha ishlar rejalashtirilgan. Kafedra oʼqituvchilari tomonidan Metallurgiya va Foydali qazilmalarni boyitish taʼlim yoʼnalishlarida va magistratura mutaxassiliklarida 40 dan ortiq mutahassilik fanlaridan oʼquv mashgʼulatlari oʼtilib kelinmoqda. Metallurgiya kafedrasida Metallurgiya va Foydali qazilmalarni boyitish bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarida kunduzgi taʼlim shakli boʼyicha jami 350 nafar talaba, 2+2 qoʼshma taʼlim dasturi boʼyicha 5 nafar talaba, 2 ta magistratura mutaxassisligi boʼyicha 33 nafar magistr, hamda sirtqi taʼli shakli boʼyicha 300 nafardan ortiq talaba taxsil olmoqda.