O‘zbekiston Respublikasi kon metallurgiya sanoatining rivojlanishini ta’minlash va foydali qazilmalarni qazib olish, hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida 1995 yilning 7 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy shahrida Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish haqidagi farmoni e’lon qilindi. 1995 yilda Navoiy davlat konchilik institutining tarkibida “Konchilik ishlari” va “Metallurgiya” kafedrasi tashkil etilgan. 1995-1997 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida t.f.n., dots. I.B.Nasriddinov faoliyat ko‘rsatgan. 1997 yil sentyabr oyidan ushbu kafedra bazasida ikki yo‘nalish bo‘yicha “Konchilik ishlari” va “Metallurgiya” kafedralari tashkil topdi. 1998–2005 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida t.f.d., prof. O‘.F.Nasirov rahbarlik qilgan. 2005-2010 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida t.f.d., prof. I.T.Misliboyev faoliyat ko‘rsatgan. 2010-2011 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida t.f.n., dots. A.S.Ismailov faoliyat ko‘rsatgan. Kafedra bugungi kunda “Konchilik ishi” nomi bilan nomlanib 2011 yil sentyabr oyidan boshlab bugungi kunga qadar kafedraga t.f.d., dots. A.B.Tuxtashev mudirlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedrada professorlar: I.T.Misliboyev, Sh.Sh.Zairov; dotsentlar A.B.Tuxtashev, Sh.I.Xakimov, Z.S.Nazarov, M.J.Normatova; M.X.Ravshanova; katta o‘qituvchilar: Sh.T.Tadjiyev, O.I.Jabborov, U.B.Ermekboyev, O.S.Qobilov O.M.Giyazov, D.N.Hatamova assistentlar Sh.M.Abdurashidov, S.A.Berdimurodov, A.O.Choriqulov va M.R.Mexmonovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedra tomonidan 5311600 - “Konchilik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va 5A311601 – “Foydali qazilma konlarini qazish” (ochiq va er osti usullarida) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Shuningdek 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish) ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (PhD va DSc) mavjud. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-iyunda PQ-sonli qarorining 7-bandida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilab qo‘yilgan. Shu asosda Ukrainaning “Dnepr politexnika” milliy texnika universiteti va Belorussiya davlat texnologiya universitetlari bilan birgalikda hamkorlik shartnomalari imzolangan. Ukrainaning “Dnepr politexnika” milliy texnika universiteti bilan 2019-yil 11-martda umumiy shartnoma tuzilgan. 2019-yil 10-aprelda umumiy shartnomani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita” tasdiqlangan. 2019-yil 2-sentabrda “2+2” bakalavr, formatlarda qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Kelishuv” imzolangan va unga qo‘shimcha ravishda talabalar o‘qishga qabul qilish bo‘yicha “Tartib” tasdiqlangan va 2019-2020 o‘quv yilida 11 nafar talaba 2+2 sxemasi, 2 nafar talaba 1+1 sxemasi asosida o‘qishga qabul qilindi va hozirda ta’lim olmoqda.