Konchilik elektr mexanikasi

Konchilik elektr mexanikasi kafedra mudiri

Maxmudov Azamat Maxmudovich

Qabul vaqti:

Dushanba-Chorshanba (14:00 dan 16:00 gacha)

Telefon: (998 97) 757-28-25 

E-mail: Maxmudov@yandex.ru




Kafedra Tarixi

           2001 yil sentyabr oyiga kelib "Konchilik elektr mexanikasi" kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib texnika fanlari nomzodi, dotsent U.R.Inamov tayinlandi. 2005-2007 yillarda dotsent A.S.Turayev va 2007 yildan 2017 yilga qadar dotsent B.R.Toshov mudirlik qildi. 2017 yildan dotsent Maxmudov A. hozirgi kunga qadar kafedra mudirlik lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada 25 ta shtat birligida va 6 ta ishchi yordamchi xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedrada 8 ta fan nomzodlari bo’lib ilmiy salohiyat 35 foizni va pedagog xodimlarning o’rtacha yoshi 36 yoshni tashkil etadi. “Konchilik elektr mexanikasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha hozirgi kunda jami 349 ta talaba yoshlar tahsil olmoqda.
Kafedrada dotsentlar: texnika fanlari nomzodi A.M.Maxmudov, texnika fanlari nomzodi N.A.Abduazizov, texnika fanlari nomzodi L.N.Atakulov, fizika-matematika fanlari nomzodi B.R.Toshov va dotsent vazifasini bajaruvchilar: texnika fanlari nomzodi H.G’.Qodirov, R.O.Muminov, S.K.Kaxxarov, R.U.Djurayev va katta o’qituvchilar: Sh.B.Haydarov, O.U.Zoxidov, A.A.Xamzayev, E.Sh.Musurmanov; assistentlar: Z.N.Eshboyeva, O.B.Mustafoyev, G’.G’.Boynazarov, S.A.Turdiyev, N.O.Polvonov, O.M.Kurbonov, A.Jurayev, A.A.Gapparov, L.N.Xudoyberdiyevlar hamda ishchi yordamchi xodimlar N.S.Raxmonova, D.A.Abduraximova, K.X.Normayev, N.B.Uralova, N.Baxramova, I.Ablakulovlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedra o’quv jarayonini tashkil etish uchun NKMK dan yetakchi mutaxassislar o’rindoshlik asosida taklif etilgan. Ulardan texnika fanlari nomzodi NKMK markaziy loyihalash byurosi yetakchi injeneri Sh.Zaripov va NKMK mexanika bo’limi yetakchi mutaxassisi A.Bobokulovlar yo’nalish talabalariga dars berib kelishmoqda.
Kafedrada birinchi o’quv yilidayoq moddiy texnika bazasini yaratish uchun katta ishlar amalga oshirildi. Bu kafedra "Konchilik" fakultetining bazaviy kafedrasi hisoblanadi.