Kafedrani 1972-1985 yillarda Sh.J.Muxammadiyev boshqargan. Tarixchi-o‘lkashunos, marhum B.S.Shalatonin ham 10 yildan ortiq kafedrada faoliyat ko‘rsatdi. Turli davrlarda kafedrada tarix fanlari nomzodlari S.G‘iyosov, A.Alauov, G.Sharifjonovalar mudirlik lavozimlarida ishladilar. Kaferada tarix fanlari doktori, professor S.I.Inoyatov, falsafa fanlari nomzodi M.X.Karimov, tarix fanlari nomzodi R.I.Selivanova, iqtisod f.n. G.Sharifjonova, dotsent Z.X.Zoirov, tarix fanlari nomzodi S.G‘iyosov va boshqalar talabalarga ijtimoiy fanlardan dars berib keldilar. 1995-1996 yillarda tarix fanlari nomzodi, dots. I.T.Muxammedov, 1996-1997 yillarda tarix fanlari doktori, prof. S.Inoyatov, 1997-2000 yillarda tarix fanlari nomzodi, dots. R.M.Qarshiyev, 2000-2003 yillarda I.T.Muxammedov, 2003-2009 yillarda tarix fanlari nomzodi, dots. X.R.Raupovlar kafedrani boshqargan bo‘lsalar, 2008-2009 yillar kafedrani tarix fanlari nomzodi, dots. R.M.Qarshiyev boshqardi. 2010 yildan boshlab kafedrada tarix fanlari nomzodi, dots. O.S.Xaitova kafedra mudiri lavozimida ishlab faoliyat yuritib kelmoqda. 2011 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi deb nomlandi. Bugungi kunda kafedrada professor-o‘qituvchilardan: t.f.n, dots. O.S.Xaitova, p.f.n.dots. O.Shamieva, t.f.n. D.Ismoilova, f.f.n. N.Eshonqulova, t.f.n. Sh.Norov, katta o‘qituvchilar: N.O.Berdiyev, F.Z.Yusupova, M.G‘.Sayidova, N.Sunnatov, M.To‘roqulov, B.Turdiyev, assistentlar A.Xudoyberdiyeva, J.Qo‘chqorov, X.Rashidov, O.Dovulov, E.Saparbayevalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Kafedra katta o‘qituvchilaridan N.Berdiyev, F.Yusupova M.Saidova, N.Sunnatovlar, X.Rashidov, O.Dovulov doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqdalar. Kafedra a’zolari Navoiy shahrining ijtimoiy-iqtisodiy tarixi, Karmana tarixi, konchilik va metallurgiya sanoati tarixi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 2015 yilda O.Xaitova muallifligida "O‘zbekiston kon sanoati: o‘tmishi va buguni” nomli monografiya chop etildi. 2008 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida xam “Navoiy sahro bag‘ridagi mo‘jiza shahar”, 2015 yilda t.f.n.dots. O.S.Xaitova J.Nurullayev, G.Norqulova, E.Saparboyeva tomonidan NDKI 20 yilligiga bag‘ishlab “Istiqbolli ziyo maskani” kitobi chop etildi. Keyingi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanma, maqolalar, viloyat tarixi, tarixiy yodgorliklari va obidalariga bag‘ishlangan qator ilmiy-ommabop risolalar chop etildi. Kafedrada bugungi kunda O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti va boshqa qator oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.