Kafedra o‘z faoliyatini "Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi nomi bilan institut rektorining 2005 yil 21 iyuldagi 1/65-sonli buyrug‘i asosida ish boshladi. Undan ilgari kafedra “Mehnatni muhofaza qilish” nomi bilan faoliyat yuritgan. 1998-2002 yillar kafedraga t.f.n. J.O‘g‘lonov, t.f.n M.K.Aliyev, g.f.n. A.S.To‘rayev, t.f.n. F.D. Shodiyevlar mudirlik qildilar. Kafedraning tuzilishi va rivojlanishida ayniqsa g.f.n., dotsent A.S.To‘rayevning xizmatlari katta bo‘ldi. 2002-2011 yillarda kafedraga biologiya fanlari nomzodi, dotsent X.V.Salimov, 2011-2016 yillarda Sh.R.Babayev, 2019 yildan hozirgi vaqtda Texnika fanlari doktori Sh.Sh.Alikulov mudirlik qilganlar. Hozirgi kunda kafedrada I.N.Tursunova, N.M.Axmedova, H.T.Rabbimov, X.Sh.Urunova va H.Sh.Urinova, A.X.Toshnazarovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 2002 yildan hozirgacha o‘tgan vaqt orasida kafedrada 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli yoqlandi. Ayniqsa kafedraning katta o‘qituvchisi I.N.Tursunovaning "Navoiazot" OAJ dagi nitroza gazlari yordamida fosforit unini boyitish haqidagi texnika fanlari boyicha PhD falsafa doktorligi ishi tahsinga sazovor. Bu ish ham ekologik vaziyatni yaxshilashga va ham konchilik sohasini boyitishga yordam beradi. Kafedra mudiri t.f.d., dotsent Sh.Sh. Alikulov institutda bajarilgan "Chuqur karerlarda atrof muhitga texnogen ta'sirini kamaytirish uchun katta portlashlar ishlab chiqarishning yangi usullarini ishlab chiqish", "Suv o'tkazuvchanligi past bo'lgan vodorodli uran konlarini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish" mavzusida A4-012 davlat granti ustida ilmiy izlanishlar olib boradi. Kafedrada institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Kafedraning professor-o‘qituvchilar jamoasi kafedra mudiridan tashqari 6 kishidan iborat: Kafedra dotsenti – Tursunova Iroda Ne’matovna Kafedra dotsenti v.b.–Axmedova Nazira Maxmudovna Kattao‘qituvchi – Rabbimov Hasan Turaboevich Assistent – Urunova Xurshida Shodiyevna Assistent – Urinova Hulkar Shokirovna Assistent – Toshnazarov Abdumalik Xamzayevich Kafedraning ilmiy yo‘nalishi regional ekologiya va inson faoliyati xavfsizligi sohalariga tegishli bo‘lib, yashsash muhitiga o‘tkazilayotgan antropogen ta’sirni monitoring qilish hamda ishlab chiqarishda shikastlanishlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalariga qaratilgan. Ushbu sohalarda ko‘p sonli ilmiy maqolalar va o‘quv-uslubiy ishlar nashr etilgan.