Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi
226-son qaroriga 2-ilova
Talabalar
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni
tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy
ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (o‘n bitta)
quyidagi ta’lim yo‘nalishlaridan har biri bo‘yicha bittadan stipendiya
hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:
Ushbu
ro‘yxatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har o‘quv yili boshida, ta’lim
yo‘nalishlaridagi ustuvorliklarni o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligidan
kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tavsiyasiga binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
3. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni
bajarish belgilanadi:
Tillarni,
axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab
darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
belgilaydi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar
bo‘yicha o‘z bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar bo‘yicha) maxsus test
sinovlari topshiradilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari
bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga
taqdim etadi.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar
ko‘rsatish, talabgorlar nomzodlarining o‘qishdagi va ilmiy (ijodiy)
faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan so‘ng,
davlat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Talabgorlar
dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi.
Hujjatlarning har bir to‘plami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni
taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining
ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali,
oddiy ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat
stipendiyalarini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini ko‘rsatish
to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va
muassasalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini
tayinlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir
marta ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 1 - 15 avgust,
ko‘rib chiqish muddati — 10 - 25 sentyabr.
7. Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori
bilan amalga oshiriladi.
Stipendiyalar tayinlanishidan avval
talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik
darajasi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
8. Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy
tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi hamda talabgor va uning
ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a’zolarining kamida uchdan
ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Agar ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni
belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lsa, ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga
beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati tasdiqlagandan so‘ng
kuchga kiradi.
Tanlov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lolmagan, lekin eng yaxshi
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tanlov qatnashchilarini nomli davlat
stipendiyalariga tavsiya qilish huquqiga ega.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi hay’atining qarori davlat oliy ta’lim muassasalarining
talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat
stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos
bo‘ladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir o‘quv yili uchun, 1 sentyabrdan
boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga «Prezident stipendiyasining
sohibi» guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi hay’ati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan talabalar davlat oliy ta’lim
muassasasini bitirgach, ikki yil davomida grant asosida magistraturaga
(bakalavr-stipendiatlar) va aspiranturaga (magistr-stipendiatlar) kirish
imtihonlarisiz qabul qilinadi. Agar aspirantura va magistratura mutaxassisligi
to‘g‘ri kelmasa, u holda kirish imtihonlari faqat aspirantura mutaxassisligi
bo‘yicha topshiriladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar o‘qishni bitirgandan so‘ng, ikki
yil mobaynida magistraturada (bakalavar-stipendiatlar) va aspiranturada
(magistr-stipendiatlar) o‘qishni davom ettirish maqsadida xorijga jo‘natilish
huquqini saqlab qoladilar.
14. Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv
intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni o‘quv yili mobaynida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish
tasarrufida talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va
idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
15. Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.