|
|
Avtomatlashtirish va boshqaruv kafedra mudiri Kadirov Yorqin Baxodirovich Qabul vaqti: Har ishchi kuni (14:00 dan 16:00 gacha) Telefon: (998 91)
338-29-22
E-mail: navdki@mail.ru
|
Kafedra Tarixi
"Avtomatlashtirish va boshqaruv" kafedrasi Navoiy davlat konchilik instituti Ilmiy kengashining 2003 yil 26 martdagi №6 sonli yig’ilish qarori hamda institut rektorining 2003 yil 3 apreldagi 1/28 buyrug’iga asosan, ushbu "Avtomatlashtirish va boshqaruv" yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada yaxshilash maqsadida dots. t.f.n. Eshmurodov Z.O. mudirligi ostida tashkil etildi.
Kafedra 2006-2011 yillari "Avtomatlashtirilgan boshqaruv va information texnologiyalar", 2011-2016 yillari "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv" nomlari bilan o’zgartirilib unga prof. t.f.d. Bazarov M.B. rahbarlik qilgan. Bu davrda kafedraning o’quv metodik bazasi kuchaytirilib 5А311001- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish mutaxassisligi bo’yicha magistratura yo’nalishi ochildi.
2011- yildan boshlab kafedrada yangi nom bilan 5311000– "Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshqarish" bakalavr yo'nalishi, 5A311001 – "Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish" magistratura mutaxassisligi ochildi. 2016 yildan boshlab kafedraga dots. t.f.d.Jumayev O.A. rahbarlik qilib kelmoqda. 2017 yildan boshlab kafedra qoshida 5310900 Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) yo’nalishi faoliyatini olib borib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-iyunda PQ-3775 – sonli qarorining 7-bandida qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilab quyilgan. Shu asosda Ukrainaning “Dnepr politexnika” milliy texnika universiteti va Belorussiya davlat texnologiya universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Ukrainaning “Dnepr politexnika” milliy texnika universiteti bilan 2019-yil 11-martda umumiy shartnoma tuzilgan. 2019-yil 10-aprelda umumiy shartnomani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita” tasdiqlangan. 2019-yil 2-sentyabrda “2+2” bakalavr, formatlarda qoʻshma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga quyish boʻyicha “Kelishuv” imzolangan va unga qoʻshimcha ravishda talabalar oʻqishga qabul qilish boʻyicha “Tartib” tasdiqlangan va 2019-2020 oʻquv yilida 11 nafar talaba 2+2 sxemasi, 2 nafar talaba 1+1 sxemasi asosida oʻqishga qabul qilindi va hozirda taʼlim olmoqda. 2 nafar magistr talabalar 2 kursni Ukraina DP MTUda davom ettirmoqda.