Yangiliklar

NDKTU YOSH OLIMI “INNOVATSION G’OYALAR YETAKCHISI” KO’KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi kata o’qituvchisi Abdumalik Axmatov 2018-yildan buyon oliygohda talabalarga saboq berib keladi. Shu bilan birga yosh olim qator masalalar yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

Xususan, bir guruh olimlar bilan birgalikda gazlarni tozalash va sovitish uchun uyurmali skruber ixtiro qilingan bo’lib, mazkur foydali model 2019-yilda patentlashtirilgan. Ayni vaqtda mazkur ilmiy ishlanmani amaliyotga tatbiq qilish hamda foydali konstruksiyani ishlab chiqarish  maqsadida Navoiy viloyati hokimligi bilan amaliy hamkorlik olib borilmoqda.

 

Mazkur loyiha uchun A.Axmatov O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.