Yangiliklar

TALABALAR YANGI QONUNCHILIK NORMALARI BILAN TANISHTIRILDI


NDKTUda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb toppish to‘g‘risida”gi 2022-yil 3-avgustda qabul qilingan Qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha targ’ibot tadbiri o‘tkazildi. 
Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan targ‘ibot materiallari to‘plamidan foydalanildi. Mazkur Qonun bilan kiritilgan o’zgartishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Targ’ibot tadbirlarida korrupsiya masalalariga ham urg’u qaratilib, talabalarning bu boradagi huquqiy bilimi tahlil qilindi.