Eʼlon linki: https://oyina.uz/kiril/announcement/63
“Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar
tanlovi
Respublika Maʼnaviyat va
maʼrifat markazi “Inson qadri uchun”
turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga quyidagi mavzular
boʻyicha yangidan yaratilgan, 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar
qabul qilinadi:
a) maʼnaviy-axloqiy fazilatlar (bunda salomlashish odobi, kattaga
hurmatda, kichikka izzatda boʻlish, mehnatsevarlik, kamtarlik, ziyraklik,
mehmondoʻstlik, bolajonlik, murosalilik, tejamkorlik, halollik, rostgoʻylik,
hojatbarorlik, vijdonlilik, daxldorlik, mardlik, shijoat, milliy gʻurur,
qatʼiyat, tadbirkorlik, oriyat, ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik,
oliyjanoblik, kitobxonlik kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga
yoʻnaltirilgan syujetlarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq);
b) boqiy anʼana va milliy qadriyatlar (bunda xalqimiz tomonidan asrlar
davomida qadrlanib, sayqal topib kelayotgan, jamiyat taraqqiyotiga hissa
qoʻshadigan milliy urf-odat va qadriyatlarga doir mavzular aks ettirilishi
mumkin);
с) ijtimoiy hamjihatlik (bunda millatlararo totuvlik, dinlararo
bagʻrikenglik, mehr-shafqat, oʻzaro mehr-oqibat, yaqin qoʻshnichilik, doʻstlik
va shu kabi jamiyatning jipsligiga xizmat qiladigan ezgu fazilatlar bilan
bogʻliq mavzular yoritilishi mumkin);
d) ekologik madaniyat (bunda videoroliklar atrof-muhitni asrash, tabiat
neʼmatlarini isrof qilmaslik, jamoat joylarini toza saqlash, “Yashil makon”
loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish kabi mavzularda
tayyorlanishi mumkin).
Gʻoliblarni aniqlashda quyidagi mezonlarga eʼtibor
qaratiladi:
Ø
videorolikda
mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilgani;
Ø tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;
Ø muallifning oʻziga xos ijodiy yondashuvi, ishning
plagiat emasligi;
Ø videorolikning barcha toifadagi foydalanuvchilar
uchun moʻljallangan boʻlishi;
Ø videorolikda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid
boʻlgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi.
Tanlovning hududiy va
respublika bosqichi gʻoliblari, ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar
sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:
Birinchi bosqichda:
1-oʻrin – 10 000 000 (oʻn
million) soʻm;
2-oʻrin – 7 500 000 (yetti
million besh yuz ming) soʻm;
3-oʻrin – 5 000 000 (besh
million) soʻm;
4 va 5-oʻrinlar hamda 5 ta
ragʻbatlantiruvchi nominatsiya – 3 000 000 (uch million) soʻmdan.
Yakuniy bosqichda:
1-oʻrin – 50 000 000 (ellik million) soʻm;
2-oʻrin – 40 000 000 (qirq million) soʻm;
3-oʻrin – 30 000 000 (oʻttiz million) soʻm;
5 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiya – 10 000 000 (oʻn
million) soʻmdan.
Ishtirokchilar oʻzlari
tayyorlagan ijtimoiy videoroliklarni shu yilning 1-oktabrigacha Respublika
Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlariga yuborishlari lozim.
Murojaat uchun telefon / telegram:
1) Qoraqalpogʻiston
Respublikasi – 93 486 66 20;
2) Andijon viloyati – 99 110 87 86;
3) Buxoro viloyati – 99 703
4014;
4) Jizzax viloyati – 93 301
57 71;
5) Navoiy viloyati – 90 730
06 49;
6) Namangan viloyati – 91
361 06 90;
7) Samarqand viloyati – 88
935 71 71;
8) Sirdaryo viloyati – 91
505 43 73;
9) Surxondaryo viloyati –
93 239 00 95;
10) Toshkent viloyati – 94
683 38 92;
11) Fargʻona viloyati – 90
560 26 56;
12) Xorazm viloyati – 97
856 95 94;
13) Qashqadaryo viloyati –
97 906 07 00;
14) Toshkent shahri – 93
036 02 66.
Ijodiy ish bilan birga
tanlov ishtirokchisining ism-familiyasi, yashash manzili, telefon raqami, ish
yoki oʻqish joyi haqidagi maʼlumot ham yuborilishi shart.
Hududiy bosqichda tanlov
mezonlariga mos boʻlgan 1–5-oʻrinlar va 5 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiya
sohiblari mukofotlanadi hamda respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Yakuniy
bosqichga chiqqan ishtirokchilar oʻz videoroliklarini yanada
takomillashtirishlari yoki mutlaqo yangi videorolik tayyorlab, taqdim etishlari
mumkin boʻladi.
“Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy
videoroliklar tanlovi haqidagi barcha maʼlumotlar Oyina.uz portali va ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilib boriladi.