Navoiy davlat
konchilik va texnologiyalar universitetida amalga oshirilayotgan mazkur loyihadan maqsad sanoat va ilm-fan jadal rivojlanayotgan
Navoiy vohasida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar,
professorlar, siyosatchilar, ijodkorlar va o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan
insonlarni xalqqa tanitish.
Shuningdek universitetga
tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar bilan ham suhbatlar tashkil etiladi.
Muloqotlar hamisha
universitetda o‘tkazilib, unda taklif etilgan mehmonlarning jamiyat, ta’lim,
yoshlar, ijod haqida dolzarb hayotiy fikrlari tinglanadi.
Ilk "gurung"
yosh olim, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Oybek Qurbonov bilan
o‘tkazildi.