29-iyun
kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Oʼzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish
toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi
muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining spikeri Nurdinjon Ismoilov, Senat aʼzosi,
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati”
aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov,
Qonunchilik palatasi deputatlari Kozimjon Tojiyev hamda
Oʼktam Islomovlar, viloyat faollari, deputatlar, sektor rahbarlari, korxona
hamda tashkilotlar vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʼnggi yillarda yurtimizda yuz bergan
yangilanishlar, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartish hamda
qoʼshimchalarning mazmun-mohiyati
haqida soʼz yuritildi.
NDKTU Аxborot xizmati