Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida
“Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi. Konchilik fakultetining “Konchilar”
jamoasi “Yulduzli tunlar”, Energo-mexanika
fakultetining “Mexaniklar” jamoasi esa “Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin” asarini sahnaga
olib chiqishdi. Kimyo-metallurgiya fakultetining
“Metallurglar” jamoasi “Urushning so‘nggi qurboni”, Qishloq xo‘jaligi fakultetining
“Parvona” jamoasi “Parvona” asarini sahnalashtirishdi. Natijalarni hakamlar Eksklyuziv
teatr jamoasi rahbari K.Qarshiyeva. aktyorlar
F.Xojiev, va N.Nurullaev tomonidan baholandi. Yakunda 1-darajali diplom “Parvona”. 2-darajali
diplom “Metallurglar”, 3-darajali diplom “Mexaniklar” va Faxriy yorliq “Konchilar” jamoalariga
nasib etdi. “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi M.Mamarajabova va “Eng yaxshi
erkak roli uchun” nominatsiyasi U.Abduqayumovga berildi.
NDKTU Axborot xizmati