Navoiy
davlat konchilik institutida joriy yilning 25-26 mart kunlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida
ilk bora “Muruntov” forumi boʼlib oʼtdi. Tadbir davomida qatnashchilar Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar Navoiy davlat konchilik institutining o‘quv va ilmiy
laboratoriya bazasi hamda texnoparki bilan yaqindan tanishib, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va konchilik
instituti o‘rtasida yaratilgan chuqur va o‘ziga xos integratsiya tajribasi
bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir ishtirokchilari o‘quv va ilmiy tadqiqot
sohalaridagi tajribalarni boshqa oliy ta’lim muassasalariga joriy qilish,
laboratoriya bazalaridan jamoaviy foydalanishning samarali mexanizmalarini ishlab
chiqish kabi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
NDKI Axborot xizmati