Navoiy davlat konchilik institutida
“Navro‘z sayli” ko‘tarinkilikda, bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida
o‘tkazildi. Institut professor-o‘qituvchilari, talabalari tomonidan rang-barang ko‘rgazmalar, milliy qadriyatlarimizdan bo‘lgan arqon tortish,
kurash kabi sport o‘yinlari, badiiy havaskor to‘garak a’zolarinig ijrosidagi milliy
raqslar ishtirokchilarda bayramona kayfiyat ulashdi.
“Assalom, Navro‘z – yangilanish,
mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” g‘oyasi
asosida tashkil etilgan bayram tadbirida institut rektori, “NKMK” AJ Bosh direktori
Q.Sanaqulov ishtirok etdi va barchani Navro‘z ayyomi bilan qutladi.
NDKI
Axborot xizmati