8
mart – Xalqaro
xotin-qizlar kuni munosabati bilan
"Gulshan" tantanalar saroyida institutimizning dilbar va latofatli
xotin-qizlari, professor-o‘qituvchilari
hamda ishchi-xodimlari uchun bayram
tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Institut rektori, "NKMK"
AJ Boshqaruv raisi-bosh direktori, professor
Q.Sanaqulov barcha xotin-qizlarni samimiy
qutladi. Ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilaridan Nurjahon
Eshonqulova, Muhabbat Ravshanova, Ra’no Rashidova, Dilshoda Xotamova
va Go‘zal Nurmatova ilmiy-tadqiqot ishlarini
muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar.
Akadimek litseyning ona tili
va adabiyoti fani o‘qituvchisi Feruza Nomozovaning hammualliflikda tayyorlagan adabiyotlari
Respublika akademik litseylari uchun darslik sifatida tavsiya etildi.
Shu kuni institutning 30
nafardan ziyod xotin-qizlariga
tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bahoriy kuy-qo‘shiqlar kuylandi.
NDKI Axborot xizmati