Navoiy davlat konchilik institutida Zahiriddin Muhammad
Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab “Adolatli shoh va buyuk shoir” deb
nomlangan ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Uni institut
prorektori Jamoliddin Nazarov kirish so‘zi
bilan ochdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur betakror shoir, zakovatli olim
va tarjimon, donishmand tarixchi, yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda.
O‘zining 47 yillik hayoti davomida asrlar osha dunyoni hayratga solib kelgan.
Adib ijodining sarchashmasi hisoblangan memuar asar “Boburnoma”,
nafaqat milliy adabiyotimizning noyob durdonalaridan, shuningdek jahon adabiyotining
nodir namunalaridan biri sanaladi.
Tadbirda institutning Konchilik fakulteti talabalari tomonidan
Bobur she’riyati asosida yaratilgan sahnalardan parchalar va kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi, g‘azallaridan namunalar o‘qildi.
NDKI Axborot xizmati