Navoiy deganda har birimizning
qalbimiz cheksiz faxru iftixorga to‘ladi. Yurtimizda ul zot ijodini puxta o‘rganish,
asarlarini qayta va qayta, to‘liq nashr etish, ularda ulug‘langan g‘oyalardan yosh
avlod tarbiyasida keng foydalanish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Navoiy davlat
konchilik instituti Kimyo-metallurgiya
fakultetida hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Navoiy
yodi ila yashaymiz mudom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut
prorektori J.Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
a’zosi O‘lmasbek Samarqandiy, shoira Muhayyo Pirnafasova va jurnalist Azamat Zaripovlar so‘zga
chiqib, Navoiy asarlarida Vatan madhi, ezgulikka chorlovchi g‘oyalar to‘g‘risida
firk-mulohazalarini bildirdilar. Talabalar
tomonidan Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi.
NDKI Axborot xizmati