Hozirgi kunda
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2021 yil 22 apreldagi 2-son qaroriga
asosan Jamg‘armaning matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari bo‘yicha 250
o‘ringa mo‘ljallangan (magistratura, doktorantura, stajirovka va malaka
oshirish dasturlari) 2021 yildagi birinchi stipendiya tanlovi natijalariga ko‘ra
Jamg‘armaning stajirovka o‘tash dasturi bo‘yicha “Jamg‘arma stipendiati” sifatida
e’tirof etilib, g‘olib deb topilgan institutimizning
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi tayanch doktorantlari Qodirov Sardor Musurmonovich
va Sharipov San’at Shuhrat o‘g‘li Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiya
universitetida (BDTU) stajirovka o‘tashmoqda.
Stajirovka doirasida kimyo sanoati tashkilotlari uchun
yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida jahonda ilg‘or OTM lardan bo‘lgan BDTU
ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishish, zamonaviy texnologik
qurilmalarda ish olib borish bo‘yicha ko‘rinmalarni o‘rganish va Navoiy davlat konchilik
instituti bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishish nazarda tutilgan.
Shu maqsadda stajyorlar universitetning tegishli kafedralari
va tarkibiy bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasi bilan tanishib, fizik-kimyoviy
tadqiqot usullari markazining zamonaviy laboratoriya qurilmalarining ish usullarini
o‘rganmoqdalar.