Navoiy davlat konchilik
institutida Kipr davlatining “Ferkensco Management Limited”
kompaniyasi direktori Timur Jo‘raev rahbarligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Prezidentimizning 2020 yil 6 fevraldagi “Samarqand viloyatida murakkab mineral
o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiya
loyihasini amalga oshirish doirasida 2030 yilgacha kimyo sanoatini
rivojlantirish dasturi va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 fevraldagi 61-son qarori imzolandi. Unga ko‘ra,
“Samarqandkimyo” AJ negizida ammiak, karbamid, ammoniy sulfati va melamin
ishlab chiqariladi. “Ferkensco Management Limited” kompaniyasi xorijiy investor
sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya
kiritdi. Kelgusida yiliga 600 ming tonna mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladi.
Shuningdek, yangi korxonada 500 nafardan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Yakunda
bitiruvchi talabalar, yosh mutaxassislarni ish o‘rni bilan ta’minlash bo‘yicha
hamkorlik bitimi imzolandi.