Navoiy davlat konchilik institutida Ural
federal universiteti rektori Viktor Koksharov rahbarligidagi delegatsiya mehmon
bo‘ldi.
Ural federal universiteti QS jahon universitetlari reytingida
351-o‘rinni egallaydi hamda Rossiya Federatsiyasining
etakchi ta’lim va ilmiy maskanlaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuvda Navoiy davlat konchilik instituti rektori,
professor Quvondiq Sanaqulov mehmonlarga
Navoiy kon-metallurgiya kombinati
va institut faoliyati, ishlab chiqarish va ilm-fan uyg‘unligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar,
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan bugungi kundagi hamkorlik aloqalari haqida
ma’lumot berdi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida professor-o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuvi, ilmiy-amaliy ta’lim tadbirlar o‘tkazish, ilmiy
izlanishlarni amalga oshirish kabi masalalarda hamkorlik istiqbollariga qaratilgan
bitim imzolandi.
NDKI
Axborot xizmati