Yangiliklar

ILMIY FAOLIYAT E’TIROFI


Mamlakatimizda ta’lim rivoji yo‘lida sezilarli qadamlar tashlandi. 2018 yildan joriy etilib, e’lon qilib kelinayotgan oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi indikatorlarini ishlab chiqishda dunyoning nufuzli reyting agentliklari tajribasiga e’tibor qaratildi. O‘zbekistonning 62 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyati 2020 yil yakunlariga ko‘ra 20 dan ortiq indikatorlar bo‘yicha Navoiy davlat konchilik instituti O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi, ya’ni kuchli o‘ntalikka kirdi. Bu haqida Navoiy davlat konchilik institutning 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kengash yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, Navoiy davlat konchilik instituti rektori, professor Quvondiq Sanaqulovga Turon Fanlari Akademiyasi akademigi ilmiy unvoni topshirildi.

Institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Q.Sanaqulovni ushbu yuksak unvon bilan qutlaymiz!

 

NDKI Axborot xizmati