Navoiy davlat konchilik institutiga Yaponiya Xalqaro hamkorlik
agentligi (JICA) hamda Kyusyu universiteti
vakillari tashrif buyurdilar.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) – mamlakatimizning
bir qator oliy o‘quv yurtlari, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalarida
va bolalar va o‘smirlar sport maktablarida informatika, sport, musiqa va turli madaniy
tadbirlarni amalga oshirish va ko‘maklashish bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Tashrif davomida Kyusyu universiteti olimlari tomonidan
talabalarga “Yaponiyada oltin qazib olish usullari” mavzularida ma’ruzalar qildilar.
Mehmonlar Navoiy kon-metallurgiya kombinatining
“Muruntov” konida bo‘lib, dunyodagi eng yirik oltin konining imkoniyatlari bilan
tanishdilar.
NDKI Axborot xizmati