Yangiliklar

KORRUPSIYA RIVOJLANISHIMIZGA TO‘SIQ


Navoiy davlat konchilik institutida “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” 10 kunligi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori N.Abduazizov olib bordi. Navoiy viloyati jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi A.Safarov, viloyat ma’muriy ishlar sudi sudyasi U.Ismoilov, Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi F.Jumaqulov, Navoiy ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tergovchisi E.Asadov, viloyat bosh imom xatibi T.Ro‘ziev, viloyat IIB xodimi X.Muxammadiyev, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Safarovlar ishtirok etishdi.

Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida  davra suhbatlari, ochiq darslar, ma’naviyat soatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

 

NDKI Axborot xizmati